Posts

Showing posts from August, 2022

«Zakovat» da kim g‘olib?

Image
«Tong yulduzi» gazetasining 30-sonida e'lon qilingan «Zakovat» da kim g‘olib? savollariga to‘g‘ri javob yo‘llagan o‘quvchi aniqlandi. Marjona Xoltoyeva , Prezident ta'lim muassasalari tasarrufidagi Marg‘ilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov nomli ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi. 

Vatan va mustaqillik go‘yo egizak – manbayi yurak

Image
Bundan 31 yil muqad­dam Istiqlolga erish­ganimizda, shoirtabiat bo­bom Ah­madjon ota, «Bu kunni shuncha yil dilda nola-yu ko‘zda jola bilan kutgandik, o‘sha kun keldi, qalbim yashnadi», deya shodlanib, shu she’rni oila a’zolari, odamlarga qarata ayt­gan ekan: Keling do‘stlar, kuylashaylik, Quvonchli, hur zamon keldi. Har ko‘ngilda g‘urur naqshi, Sururi jovidon keldi. O‘tgan yili viloyat Yozuvchilar uyushmasining «Oltin qalam» nomli to‘garagi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandim. Bu rag‘bat meni yanada ko‘proq ijod qilishga undadi. Tadbirlarda ingliz tilida she’rlar o‘qiyman. Shu sabab, bir necha bor tashakkurnoma bilan ham taqdirlanganman.  Kelajakda O‘zbekiston jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga o‘qishga kirmoqchiman. Diplomat bo‘lib, Vatanimiz mavqeini yanada yuksaklarga ko‘tarish niyatim bor. Biz Vatan deya jonini tikkan, milliy g‘ururi yuksak qoyalardan-da baland bo‘lgan ajdodlar avlodimiz. Faxr, g‘urur tuyg‘ularidan qalbimda shunday misralar tug‘ildi: Hurlikk

Maktablar xalq taʼlimi yoʻnalishidagi bosma nashrlar bilan taʼminlanadi - Prezident farmoni

Image
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2022–2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dasturga muvofiq mahalliy hokimliklar maktablarni faqat xalq taʼlimi yoʻnalishidagi bosma nashrlar bilan taʼminlashlari yuklatildi.  Xususan, har bir maktab “Maʼrifat”, “Uchitel Uzbekistana”, “Tong yulduzi” , “Klass!” gazetalari, “Xalq taʼlimi”, “Til va adabiyot ta’limi”, “Boshlangʻich taʼlim”, “Gʻuncha”, “Gulxan” jurnallari bilan obuna uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida taʼminlanadi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda va xalq taʼlimi tizimida olib borilayotgan islohotlar, sohada joriy qilinayotgan yangiliklardan oʻqituvchi-pedagoglarni bevosita bosma nashrlar orqali xabardor qilib borish, shuningdek, oʻquvchilarning bilimi va tafakkurini oshirishga, maʼnaviy-intellektual salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirishga moʻljallangan bolalar nashrlari orqali esa oʻquvchi-yoshlarning darsdan tashqari boʻsh

Bosh muharrir

Image
Adilova Feruza Soyibjonovna, «Tong yulduzi» gazetasi Bosh muharriri

BIZ HAQIMIZDA

Image
  O‘zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlarning “Tong yulduzi” gazetasi haqida  ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlarning “Tong yulduzi” gazetasi 1929 yil 1 avgustdan chiqa boshlagan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi           2017 yil 11 avgust farmoniga  binoan “Tong yulduzi” gazetasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga to’liq o’tkazildi. Muassis : O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi. Tili:  O‘zbek Bosh muharrir:  Adilova Feruza Soyibjonovna Ixtisoslashuvi:  Bolalar va o‘smirlar uchun ijtimoiy- siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy Davriyligi:  Haftada bir marta Mulkiy shakli:  Davlat Indeks:  198 Tarqatilishi:  Matbuot tarqatuvchi хамда МЧЖ орқали Gazetaning maqsad va vazifalari: - Yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida do‘stlik, insoniylik, mehr-                 muhabbat, saxiylik singari ezgu tuyg‘ularni tar