BIZ HAQIMIZDA

 

O‘zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlarning “Tong yulduzi” gazetasi haqida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlarning “Tong yulduzi” gazetasi 1929 yil 1 avgustdan chiqa boshlagan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi           2017 yil 11 avgust farmoniga  binoan “Tong yulduzi” gazetasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga to’liq o’tkazildi.
Muassis: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi.
Tili: O‘zbek
Bosh muharrir: Adilova Feruza Soyibjonovna
Ixtisoslashuvi: Bolalar va o‘smirlar uchun ijtimoiy- siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy
Davriyligi: Haftada bir marta
Mulkiy shakli: Davlat
Indeks: 198
Tarqatilishi: Matbuot tarqatuvchi хамда МЧЖ орқали
Gazetaning maqsad va vazifalari:
- Yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida do‘stlik, insoniylik, mehr-                 muhabbat, saxiylik singari ezgu tuyg‘ularni targ‘ib qilish.
Gazeta Respublika bolalari va o‘smirlarini barkamol shaxs qilib voyaga yetkazish, hayotga tayyorlash, dunyoqarashini         
kengaytirishda birinchi murabbiy vazifasini o‘taydi.
Bolalar va o‘smirlar hayotiga oid yangiliklar, maqolalar, xabar va lavhalar yoritib boriladi. Maktab, litseylar, kollej va bolalar       muassasalarida olib borilayotgan ibratli ishlar targ‘ib qilinadi, shuningdek, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va muammolar              tahlil qilinadi:
Bolalar yozuvchilari, shoirlarining ijodlaridan namunalar, shuningdek, qiziqarli boshqotirmalar, jumboqli savollar berib
 boriladi.
Bundan tashqari internet tarmog‘idan bolalar uchun qiziqarli, quvnoq ma'lumotlar yoritiladi.
Mablag‘ bilan ta'minlash va moddiy-texnika ta'minoti:
a) obunadan tushgan mablag‘
b) 2017 yil 17avgustdagi  O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining “O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi  faoliyatini
 yanada takomillashtirish  to’g’risida”gi Qaroriga binoan gazetaning nashr etish bilan bog’liq xarajatlarining o’z daromadlari
  bilan ta’minlanmagan qismi O’zbekiston Respublikasi  Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

                   Tahririyat manzili: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy,

                   Tel 244-63-08;      
                   Faks 244-63-08





Comments

  1. Ассалому алайкум, ҳурматли газета ижодкорлари!
    Газетани ёшлигимдан ўқиб бораман. Ҳаттоки, фарзандларим учун обуна бўламан. Энди ўқувчиларим учун ҳам обуна бўлдим. Уларнинг ижодларини ушбу газетада чиқишини кўрсам хурсандман. Биринчиси чиқди. Нодира опамга катта раҳмат. Нашр учун ёрдам беряптилар.

    Биласизми ўқувчиларим газетани ҳар бир сонини интиқиб кутишади. Улар ҳам келгуси йил учун обуна бўлишмоқчи. Жуда қизиқарли, ёрқин. Ишларингизда омад.
    Чарчаманглар.

    Самимий тилаклар ила
    Тошкент вилояти Бекобод тумани 45- умумий ўрта таълим мактаби тарғиботчиси Эшонкулова Мунира Расуловна (МУНИРА СУЛТОН).

    ReplyDelete

Post a Comment

Popular posts from this blog

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

IJODKORLAR UCHRASHUVI

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI