OBUNAGA BEFARQ BO‘LMAYLIK!

Respublikamiz bolalar nashrlari: «Tong yulduzi», «Gulxan», «G‘uncha» kabi gazeta va jurnallarning rang-barang, sifatli, mazmunga boyligini ko‘rib, sahifalardagi turli hikoya, she’r, ertak, topishmoq, boshqotirma, maqolalarni mutolaa qilib shunday ma’naviy boylikdan bebahra qolayotgan o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar, bilim o‘choqlari rahbarlari: obuna ixtiyoriy degani, obuna bo‘lmasak ham bo‘laveradi, degani emas!

2021-yildan maktablarga ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilartirildi. Juda yaxshi. Ammo, targ‘ibot vositasi bo‘lgan gazeta va jurnallarning bir maktab, har bir sinf, qolaversa, har bir xonadonga kirib borishiga erishmasak, targ‘ibotchilar mehnat qurolisiz dalaga ishlashga borgan dehqonga o‘xshab qolmaydimi?

Aslida, eng foydali sarf-xarajat ma’naviyatni yuksaltirishga yo‘naltirilgan sarmoyadir. Shunday ekan, obuna masalasiga jiddiy qarash, o‘zibo‘larchilikka yo‘l qo‘ymasligimiz shart. Kutobxonlik keng targ‘ib qilinyapti. G‘oliblar mashina olishyapti. Bu quvonarli, albatta. Qani endi obunachilar soni keskin oshsa, nur ustiga a’lo nur yog‘ilardi. O‘quvchilar tengdoshlari ijodidan bahramand bo‘lib, o‘zlari ham ijod olamiga oshno bo‘lishardi. Deyarli barcha mantiqli shoir va yozuvchilarimiz ilk ijodlarini bolajonlarning sevimli gazeta-jurnallarida e’lon qilishgan. Shunday ekan, bolalar nashrlari har bir sinfga kirib borishga erishishimiz zarur. Gazeta va jurnallar sinf kutubxonasida saqlansa. Kutubxona mudirligi sinfdagi bir a’lochi o‘quvchiga topshirilsa. U gazeta va jurnallarni olib, mutolaa qilib, qayta topshiradigan sinfdoshlarini alohida daftarida qayd etib borsa. Bu tajriba yo‘lga qo‘yilsa, o‘ylaymanki, bolajonlarimizning ijodga, kitobxonlikka bo‘lgan havasi yanada ortadi. Ma’naviyatli insonlardan jamiyat faqatgina foyda ko‘radi va ravnaq topadi. 

Negmurod GULIYEV

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi





Comments

Popular posts from this blog

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

MULTFILMLAR HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

MAKTABDA QO‘G‘IRCHOQ TEATRI

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

Vatan va mustaqillik go‘yo egizak – manbayi yurak

IJODKORLAR UCHRASHUVI