Maktablar xalq taʼlimi yoʻnalishidagi bosma nashrlar bilan taʼminlanadi - Prezident farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dasturga muvofiq mahalliy hokimliklar maktablarni faqat xalq taʼlimi yoʻnalishidagi bosma nashrlar bilan taʼminlashlari yuklatildi.
Xususan, har bir maktab “Maʼrifat”, “Uchitel Uzbekistana”, “Tong yulduzi”, “Klass!” gazetalari, “Xalq taʼlimi”, “Til va adabiyot ta’limi”, “Boshlangʻich taʼlim”, “Gʻuncha”, “Gulxan” jurnallari bilan obuna uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida taʼminlanadi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda va xalq taʼlimi tizimida olib borilayotgan islohotlar, sohada joriy qilinayotgan yangiliklardan oʻqituvchi-pedagoglarni bevosita bosma nashrlar orqali xabardor qilib borish, shuningdek, oʻquvchilarning bilimi va tafakkurini oshirishga, maʼnaviy-intellektual salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirishga moʻljallangan bolalar nashrlari orqali esa oʻquvchi-yoshlarning darsdan tashqari boʻsh vaqtlarida oʻqishlarini tashkil etgan holda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga koʻmaklashib borishdan iboratdir.
Comments
Post a Comment