Posts

Showing posts from October, 2022

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

Image
Assalomu alaykum, aziz «Tong yulduzi» ijodkorlari! Bugun ko‘nglimda ajib hislar borki, buni sevimli nashrim bilan o‘rtoqlashmasam, bo‘lmas.    To‘rt yildirki, «Yosh ijodkorlar» to‘garagiga qatnashib kelaman. Iyun oyida uch nafar sinfdoshim bilan inshomizni «Tong yulduzi» sahifalarida e’lon qilingan «Yozni «Milliy tiklanish» bilan» milliy mavzudagi insholar tanloviga jo‘natdik. Mustaqillik bayrami arafasida esa 7000 ta insho orasidan «Men deputat bo‘lganimda...» mavzusidagi inshom saralanganini eshitib, juda xursand bo‘ldim. Xushxabarni eshitib butun sinfimiz o‘quvchilari, ustozlarim va ota-onam ham juda quvonishdi. Quvonarlisi, tanlov g‘oliblari qatori poytaxtga borganimiz, Oliy Majlis binosida bo‘lganimiz, orzumdagi Toshkentni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganim, ayniqsa, «Milliy tiklanish» partiyasi Markaziy Kengashi raisi Alisher Qodirov qo‘llaridan qimmatbaho sovg‘a olganim bir umr xotiramda muhrlandi. O‘shanda deputatlar, senatorlar o‘tiradigan kursilarda o‘tirib, «men ham shunday joylarda