MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

Assalomu alaykum, aziz «Tong yulduzi» ijodkorlari! Bugun ko‘nglimda ajib hislar borki, buni sevimli nashrim bilan o‘rtoqlashmasam, bo‘lmas.

   To‘rt yildirki, «Yosh ijodkorlar» to‘garagiga qatnashib kelaman. Iyun oyida uch nafar sinfdoshim bilan inshomizni «Tong yulduzi» sahifalarida e’lon qilingan «Yozni «Milliy tiklanish» bilan» milliy mavzudagi insholar tanloviga jo‘natdik. Mustaqillik bayrami arafasida esa 7000 ta insho orasidan «Men deputat bo‘lganimda...» mavzusidagi inshom saralanganini eshitib, juda xursand bo‘ldim. Xushxabarni eshitib butun sinfimiz o‘quvchilari, ustozlarim va ota-onam ham juda quvonishdi. Quvonarlisi, tanlov g‘oliblari qatori poytaxtga borganimiz, Oliy Majlis binosida bo‘lganimiz, orzumdagi Toshkentni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganim, ayniqsa, «Milliy tiklanish» partiyasi Markaziy Kengashi raisi Alisher Qodirov qo‘llaridan qimmatbaho sovg‘a olganim bir umr xotiramda muhrlandi. O‘shanda deputatlar, senatorlar o‘tiradigan kursilarda o‘tirib, «men ham shunday joylarda deputat bo‘lib ishlasam», deb orzu qildim, buning uchun esa, albatta, puxta bilim olib, kitoblarni tinmay o‘qib izlanmoqchiman! Ishonasizmi, inshomda maktabimizga boradigan yo‘lda piyodalar uchun yo‘lakchalar bo‘lsa, deb yozgandim, ayni kunlarda qurilish ishlari boshlab yuborildi. Bundan boshimiz ko‘kka yetdi. Kelajakda men ham, albatta, xalq dardini tinglaydigan jonkuyar deputat bo‘lmoqchiman! Salom bilan, 

Murodjon SHOKIROV

Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidagi 43-umumta’lim maktabining 4-«B» sinf o‘quvchisi




Comments

Popular posts from this blog

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

IJODKORLAR UCHRASHUVI

BIZ HAQIMIZDA

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

OLTIN OVOZ