«TONG YULDUZI»NING SAYYORASI
Ba’zi nashrlar nomlari shaxslar ismlari bilan sinonimga aylanib ketadi. Masalan, «Sharq yulduzi» Oybekni, «Guliston» Asqad Muxtorni, «Saodat» Zulfiyaxonimni, «Jahon adabiyoti» Ozod Sharafiddinovni esga soladi va yoki aksincha. Ammo yana shunday odamlar borki, ularni ko‘rishingiz bilan ular ijod qilgan nashrlar ko‘z oldingizga keladi. Xususan, bolalar va o‘smirlar nashrlari ijodkorlaridan Muhabbat Hamidova «Gulxan»ni, Dilfuza Kamoljonova «G‘uncha»ni eslatadi. Bir muxlis sifatida bu ro‘yxatga Sayyora Qodirovani «Tong yulduzi»ning jonkuyarlaridan biri sifatida kiritishni istardim. Sayyora opa kamtar va ishchan. Xushmuomala. Ayniqsa, bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda hafsalali. Shu jihatlar bizni tanishtirgan. «Tong yulduzi» tahririyatiga qatnab yurgan, xatlar yozib turgan vaqtimda Feruza Adilova, Nodira Nazarova qatorida Sayyora opa bilan tanishganman, ko‘pdan ko‘p manfaatlar olganman. Hatto, «Boylikni bolalikdan asrang!» tanlovida g‘olib bo‘lganimda, bu uch jurnalist makta...