«TONG YULDUZI»NING SAYYORASI

 Ba’zi nashrlar nomlari shaxslar ismlari bilan sinonimga aylanib ketadi. Masalan, «Sharq yulduzi» Oybekni, «Guliston» Asqad Muxtorni, «Saodat» Zulfiyaxonimni, «Jahon adabiyoti» Ozod Sharafiddinovni esga soladi va yoki aksincha. Ammo yana shunday odamlar borki, ularni ko‘rishingiz bilan ular ijod qilgan nashrlar ko‘z oldingizga keladi. Xususan, bolalar va o‘smirlar nashrlari ijodkorlaridan Muhabbat Hamidova «Gulxan»ni, Dilfuza Kamoljonova «G‘uncha»ni eslatadi.

  Bir muxlis sifatida bu ro‘yxatga Sayyora Qodirovani «Tong yulduzi»ning jonkuyarlaridan biri sifatida kiritishni istardim. Sayyora opa kamtar va ishchan. Xushmuomala. Ayniqsa, bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda hafsalali. Shu jihatlar bizni tanishtirgan. «Tong yulduzi» tahririyatiga qatnab yurgan, xatlar yozib turgan vaqtimda Feruza Adilova, Nodira Nazarova qatorida Sayyora opa bilan tanishganman, ko‘pdan ko‘p manfaatlar olganman. Hatto, «Boylikni bolalikdan asrang!» tanlovida g‘olib bo‘lganimda, bu uch jurnalist maktabimizga ham kelgan. Respublikaning nufuzli nashri ijodkorlarining tashrifi maktab tarixida va mening hayotimda o‘chmas iz qoldirgan. Bilamizki, sayyoralar o‘z yo‘lida, ammo yagona yulduz atrofida aylanadi. Bugun Sayyora Qodirova boshqa joyda ishlamoqda. Ammo «Tong yulduzi»dan uzoqlashgani yo‘q. Uzoqlashmaydi ham. Bugun «Tong yulduzi»ning Sayyorasi tug‘ilgan kun! Tabriklaymiz!

Otabek BAKIROV

«Yoshlar kundaligi» gazetasi muxbiri





Comments

Popular posts from this blog

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

IJODKORLAR UCHRASHUVI

BIZ HAQIMIZDA

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

OLTIN OVOZ