Posts

Showing posts from August, 2023

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

Image
Asrlar osha bizgacha yetib kelgan beshiklar ne-ne buyuk ajdodlarimizning kamol topishiga xizmat qilgan. Milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan bu vosita yana ming yillar davomida sog‘lom avlodni voyaga yetkazishi, shubhasiz. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, beshik qachon paydo bo‘lgan? U qanday yasaladi?  Arxeologlar ilk beshiklar ham, sumaklar ham xuddi hozirgidek, yog‘ochdan yasalgan, deb aytishadi. Dastlabki nusxalarning bizgacha yetib kelmaganligi sababi ham aynan shu bilan izohlanadi – yog‘och vaqt o‘tishi bilan chiriydi. Muzeylarimizdagi topilmalarga asoslanadigan bo‘lsak, beshikning kashf etilishi VI – VII asrlarga borib taqaladi. Demak, XV asrki, yurtimizda beshik «taqa-tuq»i barhayot. Beshikni ayol tebratadi, erkak esa uni yaratadi. O‘zbekistonning qaysi hududida bo‘lmang, beshiksozlarni topish qiyin emas. Bugun biz poytaxtimizning Eski Jo‘va bozori hududida joylashgan beshiksozlar ustaxonasiga bordik.  U yerda usta Ravshan aka bilan tanishdik. Bobosi vaqtida...

HANUZGACHA ERTAKLARDA YASHAYMAN…

Image
San’atkor ko‘ksiga insoniyat qalbini sig‘dira olgan inson. Bunday ta’rif berilganda, ko‘z oldimga hamisha o‘ychan, hamisha mag‘rur Dilorom Karimovaning siymosi keladi. Dilorom opa bilan suhbatlashar ekanman, To‘maris, Janna d’Ark, Qurbonjan dodxoh haqidagi afsonalarning afsona emasligiga, bularning bari haqiqatligiga bo‘lgan ishonchimni mana shu san’atkor ayol shaxsiyati keltiradi. O‘zbekiston xalq artisti Dilorom Karimova – fikr oshig‘i. Dilorom Karimova darajasida fikrlaydigan, ijod qilgan aktyor yo rejissorlar bizda sanoqli. San’atkorning mushohadalari, mulohazalari, xulosalari barcha makon va zamon uchun ham dolzarb. Bu ijodkor – «Opa-singillar» seriali, «Zabarjad», «Narigi sohilda qolgan bolalik», «Novda», «Parizod», «Tanho qayiq», «Ilhaq» nomli badiiy filmlardagi betakror rollari bilan sizga yaxshi tanish.  Ushbu sahifamiz orqali sizni o‘sha – xalqimizga birday manzur bo‘lgan rollar ijrochisi, sevimli ijodkor, kamtar va vazmin inson – Dilorom Karimovaning bolalik xotiralari b...

ICHIMNI MUZLATGAN MUZQAYMOQ

Image
«INSON HUQUQLARI – BOLALAR NIGOHIDA» TANLOVIGA Darvozamiz tinimsiz taqilladi. Yugurib borib, eshikni ochib, ko‘chaga mo‘raladim: – E, senmisan, o‘rtoq? Devor-darmiyon qo‘shnim, sinfdosh dugonam Ziyoda savolimga savol bilan javob berdi. – Maydonchaga o‘ynagani chiqamizmi?   Buvijonimdan ruxsat olgach, ikkalamiz mahalla guzari oldidagi «Bolalar maydonchasi» tomon chopib ketdik.  Maydoncha turli ertak qahramonlarining rang-barang haykalchalari-yu, arg‘imchoqlar atrofida mazza qilib o‘ynayotgan bolalar va ularga hamroh bo‘lib kelgan ota-onalar, bobo-buvijonlar bilan gavjum. Dugonam birpasda majnuntol tagidagi arg‘imchoqni band qilib ucha ketdi, men esa doimgiday odamlarni kuzata boshladim.  Hamma o‘zi bilan o‘zi ovora. Shiyponchaga o‘rnashib o‘tirib olgan buvijonlar o‘zaro suhbatlashmoqdalar. Oltindek tovlangan hosilini ko‘z-ko‘zlab turgan katta o‘rik daraxti soyasidagi supada davom etayotgan onajonlar gurungi ham ulardan qolishmaydi. Dadalar esa bir ko‘zi bilan telefon...