ICHIMNI MUZLATGAN MUZQAYMOQ
«INSON HUQUQLARI –
BOLALAR NIGOHIDA»
TANLOVIGA
Darvozamiz tinimsiz taqilladi.
Yugurib borib, eshikni ochib,
ko‘chaga mo‘raladim:
– E, senmisan, o‘rtoq?
Devor-darmiyon qo‘shnim, sinfdosh dugonam Ziyoda savolimga
savol bilan javob berdi.
– Maydonchaga o‘ynagani
chiqamizmi?
Buvijonimdan ruxsat olgach,
ikkalamiz mahalla guzari oldidagi
«Bolalar maydonchasi» tomon
chopib ketdik.
Maydoncha turli ertak qahramonlarining rang-barang haykalchalari-yu, arg‘imchoqlar atrofida
mazza qilib o‘ynayotgan bolalar
va ularga hamroh bo‘lib kelgan
ota-onalar, bobo-buvijonlar bilan
gavjum.
Dugonam birpasda majnuntol
tagidagi arg‘imchoqni band qilib
ucha ketdi, men esa doimgiday
odamlarni kuzata boshladim.
Hamma o‘zi bilan o‘zi ovora.
Shiyponchaga o‘rnashib o‘tirib
olgan buvijonlar o‘zaro suhbatlashmoqdalar. Oltindek tovlangan
hosilini ko‘z-ko‘zlab turgan katta
o‘rik daraxti soyasidagi supada
davom etayotgan onajonlar gurungi ham ulardan qolishmaydi.
Dadalar esa bir ko‘zi bilan telefon,
bir ko‘zi bilan bolalarini nazorat
qilib turibdilar.
– Sal kelishtirib ber, arzonroq
qilsang, hammamiz olamiz, –
onajonlar chamasi o‘n yoshlardagi
qizaloqni o‘rab olishdi.
– Ilojim yo‘q... – goh o‘zidan
sal kattaroq akasi bilan, gohida
o‘zi muzqaymoq, turli sharbatlar
sotadigan qizcha yig‘lamoqdan
beri bo‘lib javob berdi.
Bechoraga rahmim keldi. Shuning uchun ham dugonam ikkimizga muzqaymoq va sharbatlar
sotib oldim. Yuki biroz bo‘lsayam
yengillashsin, dedim-da...
Uning ham bizdek bolalik gashtini surishga haqqi bor-ku...
Madina UMARALIYEVA,
Toshkent viloyati, Angren
shahridagi 73-IMI o‘quvchisi
Comments
Post a Comment