DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

DIQQAT, TANLOV!

BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

Respublika an’anaviy ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi.

Aziz o‘quvchilar!
Kundalik hayotimizni muhim ehtiyojlarimizdan hisoblanadigan suv, elektr energiyasi va tabiiy gazsiz tasavvur qila olasizmi? Albatta, yo‘q! Shunday ekan, nega ulardan me’yorda foydalanmasligimiz kerak?!
Bilasizmi, Yer yuzining 70 foizini suv tashkil etsa-da, atigi 1 foiz suv ichishga yaroqli ekan. Sezib turibmiz, bunga hayron qolyapsiz. Vaholanki, har kuni uyingizda jo‘mrakdan oqib tushayotgan suvning naqadar qadrli ekanligiga e’tibor beravermaymiz. Yoxud yaqin kunlarda mamlakatimizda kechgan anomal sovuq kunlar bois, elektr energiyasi va tabiiy gazda sodir bo‘lgan uzilishlar... Barchamizga bebaho boylikni asrashimiz shart ekanligini isbotladi! Sevimli nashringiz «Tong yulduzi» gazetasi «Boylikni bolalikdan asrang!» an’anaviy ijodiy ishlar tanlovini
e’lon qiladi. Endi siz suv, elektr energiyasi va tabiiy gazni tejashga doir fikr-mulohazalaringiz, hikoya va she’rlar-u chizgan rasmlaringizni taqdim etishingiz, shuningdek, bu borada maktabingizda amalga oshirilayotgan ibratli ishlar haqida yozib yuborishingiz mumkin.


Ijodiy ishlar joriy yilning 1-oktyabriga qadar qabul qilinadi.

G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda!




Comments

  1. Assalomu alaykum yuborilgan ijodiy ishlar nashrdan chiqadimi?

    ReplyDelete
  2. Muddati juda uzoq qoʻyilgan. 21- mart Navroʻz bayramida yakunlansa yaxshi boʻlardi

    ReplyDelete
  3. На русском языке тоже принимаете?

    ReplyDelete
  4. Muddati muncha uzoq

    ReplyDelete
  5. Assalomu alaykum ijodiy ish elektron tarzda yoziladimi yoki varoqqami

    ReplyDelete
  6. Kimga jo'natamiz?

    ReplyDelete
  7. Қайерга жунатамиз

    ReplyDelete

Post a Comment

Popular posts from this blog

IJODKORLAR UCHRASHUVI

BIZ HAQIMIZDA

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

OLTIN OVOZ