MAKTABDA QO‘G‘IRCHOQ TEATRI
Ertak qahramonlarini tayyorlash bizning sevimli mashg‘ulotimiz, – deydi Shohista Dolimova qo‘g‘irchoqlarga mehr bilan boqib.
–Bor ekanda,
yo‘q ekan, och ekanda, to‘q ekan, so‘lim bir qishloqda odobli, yaqinlari uchun
jonini ham fido qiluvchi Botirjon ismli bola bo‘lgan ekan... Bu olamda
yaxshilik javobsiz qolmasligi, oqko‘ngil insonlarning yo‘li hamisha ravon bo‘lishi
haqida nafaqat ertaklaru asotirlarda, balki sizu biz yashab kelayotgan hayotimizda
ham ko‘p duch kelamiz. Aynan shu g‘oyani ilgari suruvchi, kelajagimiz egalari
bo‘lmish yoshlarimizni yaxshilikka undovchi «Ertaklar – yaxshilikka yetaklar»
to‘plami asosida tayyorlangan «Oltin yaproq» ertagi namoyishi ham
yig‘ilganlarda katta taassurot uyg‘otdi.
– Maktabimiz barcha jabhalarda ilg‘or, bu, albatta, fidoyi ustozlarimizning
betinim mehnatlari samarasi, – deydi biz bilan suhbatda Farg‘ona viloyatining
Bag‘dod tumanidagi 44umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rahbar
o‘rinbosari E’zozxon Mirpo‘latova. – Mahoratli ustoz tashabbusi bilan tashkillashtirilgan
«Bolajon» qo‘g‘irchoq teatri ham qisqa fursat ichi
– Ertak qahramonlarini tayyorlash bizning sevimli mashg‘ulotimiz, – deydi Shohista Dolimova
qo‘g‘irchoqlarga mehr bilan boqib.
Hatto qo‘g‘irchoqlarni tayyorlashda ham ustoz shogirdlariga boshqosh.
Maktabda tashkil etilgan qo‘g‘irchoq teatrining samarali faoliyati barchaga
manzur bo‘lmoqda. Tajribali pedagog Shohista Dolimova rahbarligidagi mazkur
teatr repertuaridan o‘rin olgan qiziqarli ertak namoyishlari, ibratli hayotiy
hikoyalarning teatr yosh havaskor aktyorlari ijrosidagi talqini katta-yu kichikni
fikr-mulohaza yuritishga, mushohada qilishga undaydi. Bu esa o‘z o‘rnida tomoshabinlar
olqishiga sazovor bo‘layotgan qo‘g‘irchoq teatri jamoasini yanada intilishga, izlanishga
chorlaydi.
– Iste’dodli, iqtidorli o‘quvchilarimiz talaygina. Ularning
bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazish maqsadida mazkur teatr
to‘garagini tashkillashtirgandik. Natija ko‘rib turganingizdek. Bu, albatta,
bizga yanada kuchquvvat baxsh etadi. Kelgusida «Jonajonim – tabiat», «Olamni
asrang, do‘stlar!», «Suv – obihayot», «Ahillikda baraka», «Bilib qo‘yki, seni Vatan
kutadi!» kabi dolzarb mavzularda teatr
tomoshalarini rejalashtirmoqdamiz, – deydi Shohista Dolimova.
Biz ham suhbatimiz yakunida muhtarama ustozga, boshlagan xayrli ishingiz
baroridan kelsin, yosh avlodga ziyo ulashishdan also charchamang, deya
xayrlashdik.
Muhabbatoy RAHMONBERDI qizi
Comments
Post a Comment