MULTFILMLAR HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

 Biz sevib tomosha qiladigan multfilmlarimizning eng qiziqarli jihatlariga e’tibor berganmisiz?

«Tovuq katagidan qochish» multfilmidagi har bir parrandaning bo‘ynida, albatta, qandaydir aksessuar mavjud: sharf, marjon yoki taqinchoq. Buning sababi: ushbu multfilmdagi tovuqlar, aniqrog‘i, ularning modellari plastilindan yasalgan va bundan tashqari, ular boshlarini burishlari kerak edi. Paydo bo‘lgan burmalarni yashirish uchun animatorlar bo‘yinga bezaklar bilan hiyla-nayrang ishlatishgan.

NEGA JINGALAK SOCH MALIKALAR KEYINCHALIK PAYDO BO‘LDI? 

Dastlab, «Suv parisi» multfilmini yaratuvchilar Arielni jingalak sochli holda ko‘rishni xohlashgan, ammo 1989-yilning kompyuter grafikasi bunga imkon bermagan. Shunday qilib, Disneyning birinchi jingalaksoch malikasi bu «Brave» animatsion filmidagi Merida edi. Bu multfilm 2012-yilda yaratilgan. Tasavvur qiling: Merida qalpog‘ini boshidan yechganida, jingalak sochlari uchadigan sahna 2 oydan ko‘proq vaqt davomida yaratilgan!



«KOKO SIRI» 

«Koko siri» multfilmida ba’zi bir qiziq ma’lumot mavjud. Masalan, qahramon yashaydigan Meksika shaharchasining asosiy ko‘chasida siz «O‘yinchoqlar dunyosi» multfilmidagi katta qo‘g‘irchoq – Buzz Layter va chavandoz Vudini ko‘rishingiz mumkin.



MUFASA VA SKAR AKA-UKA EMAS EDILAR... 

Ma’lum bo‘lishicha, «Qirol sher» yaratuvchilari qiziq bir tafsilotni yashirishgan: mualliflarning fikriga ko‘ra, Mufasa va Skar aka-uka emas, balki bitta makonda yashaydigan ikki kuchli sher. Direktorlarning ta’kidlashicha, yovvoyi tabiatda, yetakchi qariganida, yanada kuchli va yosh sher paydo bo‘ladi. Multfilm yaratuvchilari esa shunchaki hayvonlar hayotidagi dalillarni qo‘llamoqchi bo‘lishdi. O‘sha paytdan ular Mufasa va Skarning aka-uka emasligini bilar edilar, ammo ko‘p yillardan beri bu haqda tomoshabinlarga gapirishmagan.



«OPPOG‘OY» MALLA SOCHLI BO‘LISHI HAM MUMKIN EDI... 

Dastlab, multfilm yaratuvchilari Oppog‘oyni mallasoch qilishni rejalashtirishgan, ammo oxir-oqibat ular aka-uka Grimmlarning ertaklari (barcha qahramonlar qora sochli ekanligi)ga asoslanib qora sochli qilishga qaror qilishgan. 


Internet materiallari asosida FOTIMA tayyorladi. 

Comments

Popular posts from this blog

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

IJODKORLAR UCHRASHUVI

BIZ HAQIMIZDA

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI