BESH YOSHIDA CHEMPION BO‘LGAN BOLA
Bo‘lajak grossmeyster
Nodirbek Abdusattorov 2004-yil 18-sentyabr kuni
– Oilaviy
muhit tufayli shu sport turini tanlaganman. Otam shaxmatni juda yaxshi
o‘ynaydi. O‘zlari ham o‘quvchilik davrida musobaqalarda qatnashgan. Keyinchalik
bizga ham o‘rgatdi. Oilaviy, uyda oyimdadam, akamopam o‘rtalarida
o‘ziga xos kichik musobaqalar bo‘lib turardi. Boshida akam Humoyun va opam
Bahora shaxmat o‘ynay boshladi. Men esa ularni kuzatib, juda qiziqib qoldim.
Ularning harakati, dona surishlarini kuzatib, taqlid qila boshladim. Aytishlaricha,
o‘sha paytda menga hech kim shaxmat donalarini ko‘rsatib, qanday yurish
kerakligini o‘rgatmagan. Keyinchalik shaxmatga bo‘lgan qiziqishimni sezgan otaonam
meni ham
to‘garakka olib bordi. Kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlarga borardim.
Tushlikdan keyingi mashg‘ulotdan juda kech qaytardik. Charchaganimdan avtobusda
uxlab qolardim. Birinchi murabbiyim Ravshan aka Shukurov shaxmatga bo‘lgan
qiziqishimni ko‘rib, men bilan jiddiy ishladi.
Besh yoshimda
esa 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan turnir chempioni bo‘ldim.
Nodirbek ayni paytda Niderlandiyada bo‘lgani bois suhbatimiz qisqa bo‘ldi. Qolgan
savollarga uning otasi Fazliddin Ochilovdan javob oldik.
– Bolaligimda stolga qora qalamda shaxmat taxtasi rasmini chizib, qog‘ozdan
figuralar yasab, akaukalar shaxmat o‘ynardik. Shu orqali o‘yinda yutqazgan
o‘yinchi uy ishlarini qilardi. Dastlab, o‘g‘lim Humoyunga o‘rgatdim. Nodirbekning
shaxmatga
nisbatan qiziqishini sezgan murabbiylari ham bir ko‘rishda undan jahon chempioni
chiqishini sezishgan. Chunki bolaligida ham xotirasi kuchli, qiziquvchan
edi. Onasi to‘garakka olib borardi. Ba’zida Nodirbekni bekatdan uygacha ko‘tarib
kelardi... Bejizga mehnatning tagi rohat, deb aytilmagan. O‘g‘lim shaxmatdan
tashqari, rus va ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan. Hozir arab tilini
o‘rganyapti. Sportning boks turi bilan shug‘ullanadi. Chempionning otasi
musobaqalarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish muhimligi, murabbiy bilan
kechgan mashg‘ulot –
sportchining o‘sishida eng muhim jarayon ekanligini ta’kidlaydi.
Nodirbekning
muvaffaqiyati, shubhasiz, xalqimizning muvaffaqiyatidir.
Aziz ABDUMALIK
suhbatlashdi
Comments
Post a Comment