IJODKORLAR UCHRASHUVI
Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 212-umumta’lim maktabida adabiy kecha tashkillashtirildi. «Ijodkorlar uchrashuvi»da Sherkon Qodiriy so‘zga chiqib, bobosi Abdulla Qodiriy haqida hamda kitobxonlikning ahamiyati borasida to‘xtaldi. «Klass» gazetasi muxbiri Laura Jumaniyazova esa jurnalist bo‘lish uchun nima qilmoq kerakligi xususida ijodkor o‘quvchilar bilan bahs-munozara olib bordi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tadbir mehmonlaridan to‘liq javob olishdi.
«Tong yulduzi» gazetasi muxbiri Azizbek Abdumalikov qiziqarli kechgan tadbir taassurotlarini suratga muhrladi.
Nurbek QIDIRALIYEV
Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 67-umumta’lim maktabining 5-«A» sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Zukko kitobxon» tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bolalar yozuvchisi Zamira Ibrohimova tashrif buyurgan tanlovda Abdulaziz A’zamov 1-o‘rin, Behruz Oripov va Nozima Bo‘riyeva 2-o‘rin, Muhammadaziz Adhamov 3-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Shu kuni maktab kutubxonasi yozuvchi Zamira Ibrohimova nashr ettirgan kitoblar bilan yanada boyidi.
Hilola IBROHIMOVA,
maktabning ijodiymadaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi
Yunusobod tumanidagi 265-umumta’lim maktabida kechgan «Vatan yuragidagi javohir» nomli tadbirda 4-«V» sinf bolajonlari sevimli shoiri Dilshod Rajab bilan uchrashdilar. She’rlari shirintoylar tilidan yangragan shoir faol ishtirokchilarga kitoblaridan sovg‘a qildi.
Comments
Post a Comment