MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

 

Ha, bizning dono xalqimiz «Ustoz otangday ulug‘» deb bejizga aytmaydi. Ustozlarimiz haqida qancha yozsak, ularga qancha ta’rif bersak,
oz. Ilk bor qo‘limga qalam tutqazib yozishni o‘rgatgan ustozim Munojatxon Akbarova birinchilardan
bo‘lib ko‘z oldimga keladi. Ustozni hech vaqt baland ovozda gapirganlarini eslay olmayman. Doimo shirinso‘zlik, yuzlarida tabassum bilan xatolarimizni tushuntirardilar. Sinfimizdagi do‘stlarim hozirdanoq kelajakda qaysi kasbni egallashlarini aniqlab bo‘lishgan: ko‘plari shifokor, ba’zilari o‘qituvchi, yana kimdir esa posbon, milliy gvardiyachi va prokuror... Men esa jurnalist bo‘lmoqchiman.
Sinf rahbarim Maftunaxon Abdullayeva talabchan, mehribon va shirinso‘z ustozdir. Ular yozgi ta’tilda ham biz bilan onlayn darslar o‘tib, har xil tanlovlar, musobaqalar o‘tkazib, yozgi ta’tilning maroqli o‘tishiga katta hissa qo‘shdilar. Maktabimizning zamonaviy ko‘rinish kasb etishida direktorimiz Adinaxon Hamidovnaning hissasi katta. Suratdagi ustozlarim psixologimiz Shuhratjon Sattorov, matematika ustozimiz Mayramxon Tolipova, ona tili va adabiyot fani ustozimiz Yoqutxon Sattorova, fizika ustozi Matlubaxon Jo‘raboyeva, ingliz tili ustozi Yulduzxon Tolipova va Diloomxon O‘ktamzoda hamda maktabimizdagi barcha ustozlarimni kasb bayramlari bilan tabriklamoqchiman. Baxtimizga salomat bo‘ling, aziz ustozlar!

Farzona HOSHIMOVA,
Farg‘ona shahar, 18-umum
ta’lim maktabining 6-«A» sinf
o‘quvchisi





Comments

Popular posts from this blog

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

IJODKORLAR UCHRASHUVI

BIZ HAQIMIZDA

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI