BOBOJONIMDEK PROFESSOR BO‘LAMAN!

BOBOJONIMDEK PROFESSOR BO‘LAMAN!

Men filologiya fanlari doktori, professor Yormat Tojiyevning nabirasiman. Vaqtdan unumli foydalanishimiz nafaqat ota-onam, balki bobojonimning ham nazoratida bo‘lgan. Uyimizdagimo‘jazgina kutubxonada ertaklar-u dostonlar, badiiy, ilmiy kitoblar bisyor. Esimni tanibmanki, bobojonimning yoniga kitob ko‘targan shogirdlari deyarli har kuni kelardi. Ularning suhbatlarini olishib, yana bir dasta kitoblar bilan ketishardi. Keyin bilsam, shogirdlar o‘zlariga zarur adabiyotlarni bobojonim kutubxonasidan olisharkan. Soatlab bobomning til va adabiyot haqidagi mazmunli suhbatlarineshitisharkan. Shu sabab bo‘lsa kerak, barchamiz yoshligimizdan kitobga mehr qo‘ydik. Xorijiy tillarni ham puxta o‘rgandik. Men ta’lim olgan poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 29-umumta’lim maktabidagi o‘qituvchilar qatori ustozim Mazluma Qo‘chqorovadan til o‘rganish sabog‘ini oldim. IELTSdan ham yuqori ball to‘plashga erishdim.

Bobojonim doimo kitob o‘qib,bilimingizni oshirsangsiz, sira ham
qoqilmaysiz, deb ta’kidlardilar. Shu bois, Odina ammamning chevarasi o‘tgan yili O‘zMUga o‘qishga kirdi. Men ushbu yil 178.30 ball to‘plab, grant asosida o‘qishga qabul qilindim. Kelajakda bobojonim kabi professor bo‘lib, oliygohlarda faoliyat yuritishni maqsad qilganman. Zero, ezgu maqsad qilgan har bir kishining, albatta, niyatlari ro‘yobga chiqajak!

Maftuna YORMATOVA,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

«TONG YULDUZI» gazetasining 2022-yil 37-sonidan



Comments

Popular posts from this blog

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

MULTFILMLAR HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

MAKTABDA QO‘G‘IRCHOQ TEATRI

IJODKORLAR UCHRASHUVI

SEVIMLI GAZETAMDA BIR KUN