KIM TEZ O‘QIYDI?
Aziz o‘quvchim! Bilaman, kitob mutolaasi – sevimli mashg‘ulotlaringizdan
biri. Har biringiz biror asarni turli vaqt oralig‘ida o‘qiysiz. Xo‘sh, kitobni
tezroq o‘qish va asar voqealari esda qolarli bo‘lishiga erishish uchun nima
qilish kerak?
Avvalo, periferik ko‘rish qobiliyatidan foydalaning. Ikkala so‘zni birdan o‘qishga harakat qiling, so‘ngra keyingi ikkita so‘zga qarang. Ushbu yondashuv bilan avvalgidan-da tezroq o‘qiysiz.Bo‘lim sarlavhasi va birinchi xatboshilarini o‘qing. Bu sizga muallif nima demoqchi ekanligini tushunishga yordam beradi. Keyin nimani anglatishini ko‘rish uchun pastki sarlavhalarni ko‘rib chiqing. Har bir xatboshining birinchi va oxirgi jumlasini o‘qing.Kitobdagi muhim joylarini yozib boring. Buning uchun alohida daftar tuting.Har doim bo‘sh vaqtingizda o‘qing. Bo‘sh qoldim, deguncha bekorchi narsalarga chalg‘i-masdan kitob o‘qishga oshiqing. Kelajakdagi foyda ko‘ngil ochishning qisqa muddatli zavqidan ustun turadi.
MUHABBATOY
tayyorladi
Comments
Post a Comment