O‘ZIMIZNING RAVIL BOBO

 Ravil Albekov.

Salkam yarim asr davomida «Tong yulduzi» (avvalgi «Lenin uchquni») gazetasida fotomuxbir vazifasida faoliyat yuritgan. Uning birgina suratga yozgan tagso‘zi tayyor maqola edi. Ravil bobo jamoadagi katta-yu kichikni birdek hurmat qilar, ayniqsa, yoshlarga juda e’tiborli edi. Nafaqada bo‘lsa-da, o‘z maslahati, fikr-mulohazasi, boy hayotiy tajribalarini tahririyat xodimlaridan ayamadilar.Uchrashuvlarimizda hamisha bir gapni takrorlardi: 
– O‘tgan yillar mobaynida gazeta menga ko‘p va xo‘p yaxshi narsalarni o‘rgatdi. Eng avvalo, hayot maktabini o‘rgandim. Yaxshi insonlar bilan uchrashdim, tanishdim, – derdilar tahririyatda ishlagan yillarini xotirlab va birma-bir taniqli shoir va yozuvchilarni sanay ketardilar.
Ravil bobodek mohir suratkash, ta’bir joiz bo‘lsa, jurnalist bilan bir dargohda mehnat qilish baxtigamuyassar bo‘lganmiz, deya faxrlanib yuramiz. 

Bugun ustoz oramizda yo‘q, 86 yoshida bu olamni tark etdilar.Ustozimizning oxiratlari obod bo‘lsin!



Comments

Popular posts from this blog

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

MULTFILMLAR HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

MAKTABDA QO‘G‘IRCHOQ TEATRI

IJODKORLAR UCHRASHUVI

SEVIMLI GAZETAMDA BIR KUN