TALABALIKKA QADAM

Talabalikni inson hayotidagi eng unutilmas davr deyishadi. Albatta, bu davrga yetib kelishning o‘zi bo‘lmaydi. Buning uchun yaxshi o‘qish, bilimlarni mustahkamlash kerak bo‘ladi. Bu yil afsuski, 1 million abituriyentlarning yarmi ham minimal ball ololmay imtihondan yiqildi. Bunga sabab hamma tavakkaliga imtihonga qatnashdi. Tavakkal qilish har doim ham omad olib kelavermaydi. Albatta, o‘zimiz uchun hamma fanlarni puxta o‘qishimiz, badiiy kitoblar, gazeta va jurnallarni mutolaa qilishimiz kerak.

Yaqinda test imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining noshirlik ishi yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilindim. Asosiy maqsadim, o‘zbek matbuotini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish. Minglab yoshlarning sevimli gazetasi bo‘lmish «Tong yulduzi»da o‘zimning ijodiy faoliyatimni olib borishni maqsad qilganman.Doimo tahririyat ijod korlarining maslahatlarini olib kelyapman.

Aziz o‘quvchi, har kim iqtidorli bo‘lsa, uni ro‘yobga chiqarish uchun izlanib, tajriba orttirsa, eng katta maqsadga erishadi.


Ziyodulla HAMIDULLAYEV,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
1-bosqich talabasi

«TONG YULDUZI» gazetasining 2022-yil 37-sonidan:


Comments

Popular posts from this blog

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

Vatan va mustaqillik go‘yo egizak – manbayi yurak

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI