USTOZLAR KUNI – KONFUTSIY TAVALLUD TOPGAN KUNDA NISHONLANADIMI?

 


Yurtimizda 1996-yildan buyon 1-oktyabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» sifatida nishonlanadi. Quyida ushbu bayram dunyo mamlakatlarida aynan qaysi kuni o‘tkazilishini bilib olishni istaysizmi?

1994-yil 5-oktyabr – «Butunjahon o‘qituvchilar kuni» sifatida qabul qilingan. Har yili shu kuni 100 dan ortiq mamlakatda o‘qituvchilar o‘zlarining kasb bayramlarini nishonlashadi. Lekin hamma davlatlarda ham unday emas.
*Rossiyada bu bayram oktyabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlansa,
Argentinada o‘qituvchilar kuni har yili 11-sentyabrda bo‘lib o‘tadi va bu butun xalq uchun juda muhim voqea hisoblanadi.
*Braziliyada bu tantana 15-oktyabrda nishonlanadi va shu kuni ular sharafiga bayramlar tashkil etiladi, ota-onalar shirinliklar olib kelib, ularga ehtirom ko‘rsatishadi.
*Avstraliyada oktyabr oyining oxirgi juma kuni ustozlarga bayram sovg‘alari ulashiladi va ko‘chalar turfa rangli chiroqlar bilan yasatiladi, mamlakat bo‘ylab bayram mushakbozligi o‘tkaziladi.
*Livanda o‘qituvchilar kuni yuqori ko‘lamda nishonlanadigan bayramlardan biri bo‘lib, ustozlarga atalgan tantanalar 3-martdan 9-martgacha davom etadi.
*Turkiyalik murabbiylar bu bayramni 24-noyabr kuni nishonlashadi.
*Xitoyda 10-sentyabrda o‘quvchilar va talabalar o‘z ustozlarini tabriklab, ularga gullar, sovg‘alar taqdim etishadi, bayramona tadbirlar, festivallar o‘tkazishadi.
*Hindistonda esa mamlakatning 2-Prezidenti bo‘lgan Sarvepalli Radxakrishnan tug‘ilgan kuni sanasi – 5-sentyabrda o‘qituvchilar kuni bayram qilinadi. Shu kuni o‘quvchilar o‘qituvchilar bilan o‘rin almashib, ustozlar o‘rniga dars o‘tishadi.
*Chexiyada muallimlar kunini ilmiy pedagogika asoschisi Yan Amos Komenskiy tug‘ilgan kuni sanasi – 28-martda keng nishonlashadi. Uning xotirasiga bag‘ishlab 1994-yildan buyon o‘tkaziladigan tanovda yilning eng yaxshi tarbiyachisi «Oltin Amos» mukofotini
qo‘lga kiritadi.
*Yaponiyada esa o‘qituvchilar kuni bayram qilinmaydi. Bu ularning mashaqqatli kasbiga nisbatan hurmatsizlikdan emas, balki ularni yilda bir kun emas, har kuni e’zozlashganlaridandir. Ular uchun metrolarda alohida o‘rinlar ajratilgan, aynan ularga alohida maxsus do‘konlar xizmat ko‘rsatadi va ular har qanday transport vositasi uchun chipta olishlarida navbatda turishmaydi.

FOTIMA tayyorladi
«TONG YULDUZI» gazetasining 2022-yil 39-sonida chop etilgan.




Comments

Popular posts from this blog

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

IJODKORLAR UCHRASHUVI

BIZ HAQIMIZDA

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI