HANUZGACHA ERTAKLARDA YASHAYMAN…
San’atkor ko‘ksiga insoniyat qalbini sig‘dira olgan inson. Bunday ta’rif berilganda, ko‘z oldimga hamisha o‘ychan, hamisha mag‘rur Dilorom Karimovaning siymosi keladi. Dilorom opa bilan suhbatlashar ekanman, To‘maris, Janna d’Ark, Qurbonjan dodxoh haqidagi afsonalarning afsona emasligiga, bularning bari haqiqatligiga bo‘lgan ishonchimni mana shu san’atkor ayol shaxsiyati keltiradi. O‘zbekiston xalq artisti Dilorom Karimova – fikr oshig‘i. Dilorom Karimova darajasida fikrlaydigan, ijod qilgan aktyor yo rejissorlar bizda sanoqli. San’atkorning mushohadalari, mulohazalari, xulosalari barcha makon va zamon uchun ham dolzarb. Bu ijodkor – «Opa-singillar» seriali, «Zabarjad», «Narigi sohilda qolgan bolalik», «Novda», «Parizod», «Tanho qayiq», «Ilhaq» nomli badiiy filmlardagi betakror rollari bilan sizga yaxshi tanish. Ushbu sahifamiz orqali sizni o‘sha – xalqimizga birday manzur bo‘lgan rollar ijrochisi, sevimli ijodkor, kamtar va vazmin inson – Dilorom Karimovaning bolalik xotiralari b...
Comments
Post a Comment