HOKIMLAR PREZIDENT QARORIGA NEGA BEFARQ?

 

Andijon, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari Prezidentimizning 2022-yil 11-maydagi 

PQ-241-son Qarori ijrosini amalda isbotlayapti. Buning uchun viloyat o‘quvchilari va ustoz­lari nomidan hokim buvalarga tashakkur! 

Ammo Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri rahbarlari-chi?  Nega ular Prezident qaroriga befarq?

Yuqorida sanab o‘tilgan hududlar rahbarlariga ushbu masala yuzasidan muassisimizdan xat ham bordi. «Tong yulduzi» gazetasi noyabr oyida har bir viloyat hokimi nomiga ushbu Qaror bo‘yicha xat yo‘lladi. Ammo ulardan haligacha javob yo‘q. 

Biz, hokimlar va ularning komandasini yurt farzandlarining ma’naviyatiga befarq bo‘lmagan rahbar sifatida qadrlaymiz va ishonamiz. Sizlarning sa’y-harakatingiz bilan «Tong yulduzi» gazet­xonlari yanada ortadi, deb umid qilamiz. 

Ushbu Qaror yuzasidan siz hokimlardan ijobiy natija kutib qolamiz!




Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

Vatan va mustaqillik go‘yo egizak – manbayi yurak

MULTFILMLAR HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

TALABALIKKA QADAM