IZLANISHLAR ORTIDAGI G‘ALABA
O‘tgan o‘quv yilida 125 nafar bitiruvchidan 80 nafari oliy o‘quv yurtlari talabalari bo‘lishi quvonarlidir. Fan olimpiadasining tuman bosqichida ishtirok etgan 25 nafar o‘quvchining barchasi salmoqli natijalarni qo‘lga kiritdi. 11-«F» sinf o‘quvchisi Muhammadsodiq Ergashev kimyo fanidan Respublika olimpiadasida ishtirok etdi. 9-«F» sinf o‘quvchisi Mashrabjon Qodirov esa xalqaro olimpiada tarkibiga kiritildi.
– Prezidentimiz tomonidan 2023-yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nomlanishi biz yoshlarni yanada quvontirdi. Men ta’lim olayotgan ushbu maskanda barcha ustozlarim chuqur bilimga ega, keng fikrli, yuksak salohiyatli ustozlardir. Tarix fanidan olimpiadaning viloyat bosqichida 3-o‘rinni egalladim va 810.000 so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldim. Shuningdek, ingliz tilidan 7 ball bilan xalqaro sertifikat oldim! – deydi 11-«A» sinf o‘quvchisi Yahyobek Ma’rufjonov.
– Men sportning taekvando turiga qiziqib, darslardan so‘ng tumanimizdagi «Bolalar va o‘smirlar sport maktabi»ga hamda matematika va ingliz tili fan to‘garaklariga qatnashaman. Tumanimizdagi, viloyatimizdagi va respublikadagi qator turnirlarda qatnashib, juda ko‘p medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanganman.
– Maktabimizda mahoratli pedagoglar talaygina. Biologiya o‘qituvchisi Dilbarxon G‘ulomova.
«Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni sohibasi bo‘lish bilan birga, «El-yurt umidi jamg‘armasi» stipendianti, Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridagi Gersen nomidagi institutda malaka oshirib, maxsus sertifikatga ega bo‘lgan. Dilbarxon G‘ulomovaning erishgan muvaffaqiyatlari bois, maoshiga har oy 100% lik ustama belgilangan, – deydi maktab rahbari Kamoliddin G‘opirov.
Ha, ta’lim maskanida qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar bisyor. Kelgusida o‘quvchilarning bundan-da yuksak natijalarni egallashlari shubhasiz va bu mavzuga yana qaytamiz.
Ozoda TURSUNBOYEVA
Comments
Post a Comment