OLTIN OVOZ

     




Firdavs Avezov V. A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 8-sinfida o‘qiydi. Yosh bo‘lishiga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda uning obunachilari 50 mingdan ziyod. Birgina taniqli xonanda Ozoda Nursaidovaning «Asrasin» deb nomlangan qo‘shig‘ini ijro qilgan videosi 3 mln.dan ortiq tomosha qilingan. U Fransiya, Turkiya, Rossiya va MDH mamlakatlarida o‘tkazilgan bir qator respublika va xalqaro musobaqalar g‘olibi sanaladi. Firdavs ikki yil oldin «Zo‘r» TV telekanalida o‘tkazilgan «The cover up kids» loyihasida qatnashib, Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritgan edi. Bu uning yutuqlarining boshlanishi bo‘ldi…

– Men 2009­yil 17­yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilganman. Musiqaga bolaligimdan qiziqaman. Ota­onamning aytishlaricha, 4 yoshligimda uxlash payti o‘zimga o‘zim alla aytgan ekanman. Birinchi ustozim – onam. Oilamizda sa’natga e’tibor kuchli. Otam «Azia records» ovoz yozish studiyasi rahbari. Shuning uchun ham ko‘plab yangi qo‘shiqlarni aytaman. Onam mendagi qo‘shiq aytishga bo‘lgan moyillikni sezib, bolalar musiqa va san’at maktabiga o‘qishga yubordi. Viktor Uspenskiy nomidagi
maxsus musiqa maktabi mening tabiiy iste’dodimni oshirib, estrada vokal yo‘nalishi bo‘yicha mahorat egallashimga yordam berdi. Bu maktabda men nafaqat ovoz paychalarini boshqarishni, balki violonchel chalishni ham puxta egalladim.




2019­yilda Pavlodar shahrida bo‘lib o‘tgan «Ipak yo‘li» xalqaro tanlovida 3­o‘rinni egallab, oradan ikki yil o‘tib, Bo‘zatovdagi «Respublika yoshlar ovozi» festivalida estrada yo‘nalishi bo‘yicha I darajali diplomni qo‘lga kiritdim. O‘tgan yili Sankt­Peterburgda o‘tkazilgan «Oltin feniks» tanlovida pop­vokal yo‘nalishida 1-o‘rin va alohida Gran-priga sazovor bo‘ldim.

  Shundan so‘ng, Firdavs Qozog‘istonda o‘tkazilgan «Central Asia Got Talent» teleko‘rsatuvi (tanlovi)da ham ishtirok etdi. Firdavs 2022­yilning dekabr oyida Rossiyaning «Golos deti» loyihasining 10-­mavsumi, 2­sonida ishtirok etdi. U Karlos Almaranning «Bir muhabbat tarixi» qo‘shig‘ini ijro etdi va barcha hakamlarni o‘ziga
qaratdi. «Golos» teleloyihasining qoidasiga ko‘ra, dastlabki bosqichda sahnaga chiqqan ishtirokchi qo‘shiq kuylaydi va jonli ijrosi orqali unga teskari o‘tirgan hakamlarni o‘ziga qaratishga urinadi. Agar hakamlarga ijrochining ovozi ma’qul kelsa, ular sahnaga o‘giriladi. Bunday hollarda sahnadagi qo‘shiqchi
o‘ziga qaragan hakamlardan birini tanlashi va keyingi bosqichlarda uning guruhida bo‘lishi lozim. Firdavs Avezov o‘z ijrosi orqali uchta hakamni o‘ziga qaratdi. Firdavsning erishgan yutuqlari bilan qutlaymiz va san’at osmonida yuksak parvozlar tilaymiz!

Aziz ABDUMALIK suhbatlashdi.






Comments

Popular posts from this blog

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

IJODKORLAR UCHRASHUVI

BIZ HAQIMIZDA

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI