KELАJАKDА USTOZ BO‘LMOQCHIMАN

Ismim Rayhona. Bu yil o‘n yoshga to‘ldim. Yosh bo‘lsam-da orzularim osmon qadar ulkan. Maktabda aʼlochilar safidaman. Ustozim Dilfuza Karimovaga havas qilaman. Chunki har bir darsni mehr bilan o‘tadilar. Kelajakda ustozim kabi o‘qituvchi bo‘lmoqchiman. Bilaman, o‘qituvchi bo‘lish uchun har bir fanni puxta o‘zlashtirish kerak. Shuningdek, o‘qituvchi sinfidagi har bir bolaga eʼtiborli bo‘lishi shart. Taʼtil davrida ham qo‘shni qizchalar bilan “o‘qituvchi-o‘qituvchi” o‘yinini o‘ynaymiz. Har galgidek men ustoz vazifasini bajaraman. Shu damda Dilfuza Karimovaga qanchalar qiyin ekanligini sezaman. Negaki, har bir o‘quvchining ko‘ngliga yo‘l topish, sho‘x, to‘polonchi o‘quvchilarni tinchlantirish, past o‘zlashtiruvchilar bilan yakkama-yakka ishlash... eh-he, ustozning zimmasida masʼuliyat katta ekan.

Ustozimda barcha fazilatlar mujassam. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u zimmasidagi vazifani sidqidildan ado etadi. Biz o‘quvchilarning ustozga bo‘lgan cheksiz hurmatimiz ham shu sabab bo‘lsa, ajabmas.

Ustozimiz biz o‘quvchilardan taʼtil davrida ham bir zumga blsa-da aloqani uzgani yo‘q. Har bir o‘quvchini ota-onasi orqali surishtirib turadila. Men ham ustozim aytganiday biror kunni kitob mutolaasiz o‘tkazganim yo‘q. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboevning “Shirin qovunlar mamlakatida” asarini shqib tugatdim. Bolalar shoiri Dilshod Rajabning sheʼriy to‘plamidan 20 taga yaqin sheʼrni yod oldim. Ustozim bu haqda eshitsa, judayam xursand bo‘ladi.

Ha, aytmoqchi, maktabda o‘tkazilgan “Zukko kitobxon” ko‘rik tanlovida birinchi o‘rinni egalladim. Tanlov sabab kitob mutolaasiga mehrim ortdi.

Аziz tengdoshim, agar siz ham kelajakda ustoz kasbini tanlagan bo‘lsangiz yoki kitobxonlik bo‘yicha ko‘rik tanlovlarda gʼolib bo‘lishni istasangiz, kundalik ish rejasini tuzing. Unutmang, kitob mutolaasi rejangiz asosini tashkil etishi shart!

Rayhona NURMАMАTOVА,

Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi

62-umumtaʼlim maktabining 3-“А” sinf o‘quvchisi



Comments

Popular posts from this blog

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

IJODKORLAR UCHRASHUVI

BIZ HAQIMIZDA

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI