SEVIMLI GAZETAMGA MAKTUB

Bugun juda baxtiyorman. Nega deysizmi?

Chunki birinchi marta sevimli gazetamga o‘z qo‘lim bilan maktub yozishga musharraf bo‘ldim. Buning uchun ustozimga ming rahmat!

Esimda, maktabga ilk qadam bosganimizda ustozimiz barchamizni o‘z bolalaridek bag‘riga oldilar. Alifbedagi o‘tilgan har bir harfning qanday talaffuz qilinishi, harflar ishtirokida so‘zlar yasashni oson va tushunarli uslubda o‘rgatdilar. Qo‘llarimizdan tutib, yozishni o‘rgatdilar. Birinchi marta yozganimni eslasam, daftar chiziqlaridagi harflarning beo‘xshov ko‘rinishidan uyalib ketaman. Lekin ustoz menga dalda berib, sen albatta husnixat egasi bo‘lasan, degandilar. Qayta-qayta yozishni mashq qildim va ustozim aytganiday husnixat egasi bo‘ldim!

Aziz tengdoshim, agar siz ham o‘z ustingizda ishlasangiz, tinimsiz izlansangiz, ko‘zlagan maqsadingizga albatta yetishasiz!

Sabrina BEKMURODOVA,

Xatirchi tumanidagi 62-umumta'lim maktabining

1-“B” sinf o‘quvchisi




Comments

Popular posts from this blog

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

IJODKORLAR UCHRASHUVI

BIZ HAQIMIZDA

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI