TА'TILDА...

O‘quv yili yakunlanganiga ham bir oy bo‘libdi. Nazarimda, kunlar tez o‘tayotgandek. Maktabimni, ustozimni va sinfdoshlarimni juda sog‘indim.

Maktabga ilk kelgan kunlarim kechagidek yodimda. Qandaydir qo‘rquv va hayajon bilan onajonimning qo‘lini mahkam ushlab olgandim. Ustozim “Men endi sening o‘qituvchingman!” deganlarida hayajonim bosilgandek bo‘lgandi.

O‘sha paytlarda partada o‘tirishga zo‘rg‘a ko‘nikkanman. Negaki, soatlab stolda o‘tirgandan ko‘ra adirda qo‘y boqib yurganimda ko‘m-ko‘k maysalarda dumalaganlarim ming karra yaxshiroq tuyulgan...

Vaqt o‘tib, maktabga, sinfdoshlarimga o‘rgana boshladim. Аyniqsa, darsda faol qatnashganimda ustozimning “barakalla!” deyishlarini juda yaxshi ko‘rardim. 

Sinfimizda aʼlochi o‘quvchilar ko‘p. Ularning safida men ham borman. Taʼtil bo‘lsa-da, vaqtdan unumli foydalanish uchun ertak va hikoyalar oʼqib boryapman. Hozir “Naʼmatak malika” ertaklar to‘plamini o‘qiyapman. Menga ayniqsa “Ilm xosiyati” ertagi yoqdi. Podshoh egizak shahzodalarning qay biri taxtga munosib voris boʼlishi haqida oʼyga toladi. Jaʼfar jang sanʼatini mukammal egallagan boʼlsa-da, dunyoviy va diniy ilmlarni mukammal oʼzlashtirgan shahzoda Аkbar taxtga munosibroq topiladi. Demak, ilm sohibi har qanday yo‘nalishda faol kishidan aʼloroq ekan.

Bugun “Xonatlas” ertagini mutolaa qilmoqchiman. Taassurotlarim haqida sizga albatta yozib yuboraman!

Sardorbek NE'MАTULLАEV,

Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi 

62-umumtaʼlim maktabining 1-“А” sinf o‘quvchisi





Comments

Popular posts from this blog

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

IJODKORLAR UCHRASHUVI

BIZ HAQIMIZDA

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI