BARCHASI INSON MANFAATLARI UCHUN

«INSON HUQUQLARI – BOLALAR NIGOHIDA» TANLOVIGA

Globallashuv jarayonlarining kuchayishi hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyatni keskin burilish pallasiga yetaklamoqda. Bashariyat mutlaqo o‘zgacha muhit, yangicha talab va ilgari kuzatilmagan xavf-xatar hamda tahdidlar kuchaygan bir sharoitda yashashiga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday jarayonlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga, jumladan, ma’naviy-ma’rifiy sohalarga ham jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda.

Turli mintaqa va davlatlarda sodir bo‘layotgan ayanchli voqealar tahlili ommaviy axborot vositalari, zamonaviy axborot texnologiyalari, internet tizimi, ijtimoiy tarmoqlar va elektron nashrlar, ba’zi hollarda buzg‘unchi kuchlar qo‘lida zararli g‘oya va mafkuralarni targ‘ib etishning qulay, tezkor vositasiga aylanib qolayotganligini ko‘rsatyapti. Bu kabi tahdidlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yemirilishiga, zo‘ravonlik, inson taqdiri, jamiyat hayotiga bepisandlik, mas’uliyatsizlik, loqaydlik, andishasizlik, behayolik kabi illatlarning ildiz otishiga zamin yaratmoqda. Mamlakatimizda yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ularni yuksak ma’naviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini o‘z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinyapti. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, har tomonlama yetuk, malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash hamda Vatanga sadoqatli yangi avlodni voyaga yetkazish mexanizmlarini yaratish maqsadida olamshumul islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuning uchun davlatimiz rahbari ushbu sohada boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, o‘quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal etish kerakligini alohida ta’kidladilar. Bir so‘z bilan aytganda, amalga oshirilayotgan islohotlar odamlarimiz ularning samarasini kelajakda emas, balki bugun his etishida, davlat organlarining xalq irodasini ifoda etib, inson manfaatlariga xizmat qilishida muhim omil bo‘lmoqda. Bugun Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulkan marralarni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bunday yuksak maqsad yo‘lida biz yoshlar mamlakatning mustahkam tayanchi, po‘lat qanotiga aylanishimiz shart! 

Azimexon KIRKACH (Turkiya), 

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi



Comments

Post a Comment

Popular posts from this blog

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

IJODKORLAR UCHRASHUVI

BIZ HAQIMIZDA

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI