HUQUQIMNI O‘RGANAMAN

«INSON HUQUQLARI – BOLALAR NIGOHIDA» TANLOVIGA

Biz O‘zbekiston deb atalgan tinch va osuda diyorda yashayapmiz. Farzandlari baxtli, shod va erkin. Biz o‘z huquqlarimizni yaxshi bilishimiz kerak: ota-onaning bag‘rida baxtli yashash, maktabga borib bepul bilim olish, dam olish, sayohatga chiqish, erkin kasb tanlash, erkin ijod qilish...

Onam ikkimiz singlimni biz xohlagan bolalar bog‘chasiga berish uchun ro‘yxatga qo‘ydik. Sababini onamdan so‘raganimda, bu – bizning huquqimiz, deb javob berdi. Oradan biroz muddat o‘tib, singlimning bog‘chaga borishi uchun navbat kelganini aytishdi, o‘sha paytda huquq nima ekanini bildim. Ustozimiz sinfimizda turli ochiq darslar, bayram va tadbirlarga atab rasm chizib kelishimizni aytadi. Bayramlarda rasmlarimizni ko‘rgazmaga qo‘yib, tugagandan keyin o‘zimizga qaytarib beradi. Biz ustozdan nega qaytarib berdingiz deb so‘rasak, bu sizlarning mehnatingiz va ijodkorlik huquqlaringiz, dedi. 

Har birimiz huquqiy bilimlarimizni oilada ota-onamiz, maktabda ustozlarimiz orqali oshirib boramiz. Komil shaxs bo‘lib voyaga yetishda huquqiy bilimlar asos bo‘lishini tushunib yetdim. 

Aydana DJAYLXANOVA, 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanidagi 41-umumta’lim maktabining 4-«A» sinf o‘quvchisi





Comments

Popular posts from this blog

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

IJODKORLAR UCHRASHUVI

BIZ HAQIMIZDA

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI