Posts

Showing posts from June, 2023

SEVIMLI GAZETAMGA MAKTUB

Image
Bugun juda baxtiyorman. Nega deysizmi? Chunki birinchi marta sevimli gazetamga o‘z qo‘lim bilan maktub yozishga musharraf bo‘ldim. Buning uchun ustozimga ming rahmat! Esimda, maktabga ilk qadam bosganimizda ustozimiz barchamizni o‘z bolalaridek bag‘riga oldilar. Alifbedagi o‘tilgan har bir harfning qanday talaffuz qilinishi, harflar ishtirokida so‘zlar yasashni oson va tushunarli uslubda o‘rgatdilar. Qo‘llarimizdan tutib, yozishni o‘rgatdilar. Birinchi marta yozganimni eslasam, daftar chiziqlaridagi harflarning beo‘xshov ko‘rinishidan uyalib ketaman. Lekin ustoz menga dalda berib, sen albatta husnixat egasi bo‘lasan, degandilar. Qayta-qayta yozishni mashq qildim va ustozim aytganiday husnixat egasi bo‘ldim! Aziz tengdoshim, agar siz ham o‘z ustingizda ishlasangiz, tinimsiz izlansangiz, ko‘zlagan maqsadingizga albatta yetishasiz! Sabrina BEKMURODOVA , Xatirchi tumanidagi 62-umumta'lim maktabining 1-“B” sinf o‘quvchisi

O‘SHA KUNLARNI ESLAB...

Har yili 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida bolalar gazetasida ishlagan kunlarim ko‘z o‘ngimdan xuddi kino tasmasiday bir-bir o‘tadi. Mana, o‘sha kunlarga ham o‘ttiz yil bo‘libdi. Gazeta adadi bir millionni tashkil etardi. Albatta, shunga yarasha uning sifatini tinimsiz oshirib borishga harakat qilardik. Bu ishda gazeta Bosh muharriri Abdusaid Ko‘chimov, uning o‘rinbosari Akrom Berdimurodov, mas’ul kotib Temur Eshboyev, bo‘lim boshliqlari Yoqutxon Rahimova, Vafo Fayzulla, Hoshimjon Mirzaahmedov, Azimjon Xudoyqulov, Feruza Jalilova, Feruza Odilova, suratkash Ravil Albekov, rassom Abror Oripovlar- ning xizmatlari beqiyos edi.  Men o‘sha paytlari gazetaning «Adabiyot va san’at» bo‘limini boshqarardim. Bir kunda bo‘limga juda ko‘plab xatlar kelardi. Bu xatlarning aksariyatini she’rlar tashkil qilardi. Shundan bo‘lsa kerak, qariyb gazetaning har bitta sonida she’riy sahifa berib borilardi.  Ko‘pincha gazeta xodimlari yoppasiga belgilangan bir v...

BOLALAR NASHRLARIDA BEG‘UBORLIK BOR

Image
Biz bolaligimizda gazetamizni sabrsizlik bilan kutar edik. Undagi suratlar, lavhalar, krossvordlar juda qiziqarli edi. Beshinchi s i n f d a o‘qiyotganimda havas qilib, birgina lavhacha yozib, gazetaga jo‘natdim. Oradan 15- 20 kundan keyin qishloq pochtachisi chaqirib, tahririyatgan kelgan javob xatini menga berdi. Xursanchiligimizning chegarasi yo‘q edi. Xatda lavhadagi xatolar ko‘rsatilib, agar betinim mashq qilsam, ko‘proq gazeta va jurnallarni mutolaa qilsam, maqola yozishni o‘rganishim mumkinligi yozilgandi. Bu javob xati menga juda qiymatli, qadrli edi.  Maktabni tugatib, jurnalistika fakultetiga kirmoqchi edim. Ammo o‘rin juda oz, talabgorlar esa biroz ko‘p edi. Tarix fakultetiga topshirdim. Universitetni imtiyozli diplom bilan tugatdim. Ammo jurnalistika meni «tinch» qo‘ymadi. Shu-shu jurnalist bo‘ldim. Bunga ham allaqachon 40 yil to‘ldi. Ammo haligacha bolalar va o‘smirlar nashrlariga mehrim bo‘lakcha. Jumladan, «Tong yulduzi»da e’lon qilinayotgan maqola va she’rlar, kichi...

KELАJАKDА USTOZ BO‘LMOQCHIMАN

Image
Ismim Rayhona. Bu yil o‘n yoshga to‘ldim. Yosh bo‘lsam-da orzularim osmon qadar ulkan. Maktabda aʼlochilar safidaman. Ustozim Dilfuza Karimovaga havas qilaman. Chunki har bir darsni mehr bilan o‘tadilar. Kelajakda ustozim kabi o‘qituvchi bo‘lmoqchiman. Bilaman, o‘qituvchi bo‘lish uchun har bir fanni puxta o‘zlashtirish kerak. Shuningdek, o‘qituvchi sinfidagi har bir bolaga eʼtiborli bo‘lishi shart. Taʼtil davrida ham qo‘shni qizchalar bilan “o‘qituvchi-o‘qituvchi” o‘yinini o‘ynaymiz. Har galgidek men ustoz vazifasini bajaraman. Shu damda Dilfuza Karimovaga qanchalar qiyin ekanligini sezaman. Negaki, har bir o‘quvchining ko‘ngliga yo‘l topish, sho‘x, to‘polonchi o‘quvchilarni tinchlantirish, past o‘zlashtiruvchilar bilan yakkama-yakka ishlash... eh-he, ustozning zimmasida masʼuliyat katta ekan. Ustozimda barcha fazilatlar mujassam. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u zimmasidagi vazifani sidqidildan ado etadi. Biz o‘quvchilarning ustozga bo‘lgan cheksiz hurmatimiz ham shu sabab bo‘lsa, ajab...

YELKAMA-YELKA ISHLAYOTGANIMIZDAN MAMNUNMIZ

Image
«Tong yulduzi» ko‘plab jurnalistlarning ijod olamiga ilk qadamlari qo‘yilgan manzil bo‘lgan. Ko‘plab mashhur o‘zbek shoir-u yozuvchilarining tarjimayi holini o‘qisak, barchasining ilk ijod namunalari shu gazetada bosilib chiqqanini ko‘rish mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo‘lsak, o‘quvchilarga gazetalar sahifasidan joy ajratish juda ham oqilona ish. «Tong yulduzi» mana shu oqilona yo‘ldan og‘ishmay borayotgan otaxon gazetalardan biridir. «Ma’rifat» gazetasi ham bu ishda oz bo‘lsada hissasini qo‘shishga bel bog‘lagan. O‘quvchilarning sara she’r va hikoyalari, maqolalarini chop etib, ularni jurnalistika, erkin fikrlash va o‘z qarashlarini ifodalay olish sari qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Jumladan, gazetamizda yo‘lga qo‘yilgan «Ma’rifat kitobxoni» rukni ostida o‘quvchilar uchun Telegram tarmog‘ida guruh tashkil etildi, unda o‘quvchilar maslahatlashib, har oy uchun biror badiiy asarni o‘qish uchun tanlab oladilar va uni mutolaa qilganlaridan so‘ng o‘z taassurotlarini kichik esse ...

TА'TILDА...

Image
O‘quv yili yakunlanganiga ham bir oy bo‘libdi. Nazarimda, kunlar tez o‘tayotgandek. Maktabimni, ustozimni va sinfdoshlarimni juda sog‘indim. Maktabga ilk kelgan kunlarim kechagidek yodimda. Qandaydir qo‘rquv va hayajon bilan onajonimning qo‘lini mahkam ushlab olgandim. Ustozim “Men endi sening o‘qituvchingman!” deganlarida hayajonim bosilgandek bo‘lgandi. O‘sha paytlarda partada o‘tirishga zo‘rg‘a ko‘nikkanman. Negaki, soatlab stolda o‘tirgandan ko‘ra adirda qo‘y boqib yurganimda ko‘m-ko‘k maysalarda dumalaganlarim ming karra yaxshiroq tuyulgan... Vaqt o‘tib, maktabga, sinfdoshlarimga o‘rgana boshladim. Аyniqsa, darsda faol qatnashganimda ustozimning “barakalla!” deyishlarini juda yaxshi ko‘rardim.  Sinfimizda aʼlochi o‘quvchilar ko‘p. Ularning safida men ham borman. Taʼtil bo‘lsa-da, vaqtdan unumli foydalanish uchun ertak va hikoyalar oʼqib boryapman. Hozir “Naʼmatak malika” ertaklar to‘plamini o‘qiyapman. Menga ayniqsa “Ilm xosiyati” ertagi yoqdi. Podshoh egizak shahzodalarning q...