DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG! Respublika an’anaviy ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi. Aziz o‘quvchilar! Kundalik hayotimizni muhim ehtiyojlarimizdan hisoblanadigan suv, elektr energiyasi va tabiiy gazsiz tasavvur qila olasizmi? Albatta, yo‘q! Shunday ekan, nega ulardan me’yorda foydalanmasligimiz kerak?! Bilasizmi, Yer yuzining 70 foizini suv tashkil etsa-da, atigi 1 foiz suv ichishga yaroqli ekan. Sezib turibmiz, bunga hayron qolyapsiz. Vaholanki, har kuni uyingizda jo‘mrakdan oqib tushayotgan suvning naqadar qadrli ekanligiga e’tibor beravermaymiz. Yoxud yaqin kunlarda mamlakatimizda kechgan anomal sovuq kunlar bois, elektr energiyasi va tabiiy gazda sodir bo‘lgan uzilishlar... Barchamizga bebaho boylikni asrashimiz shart ekanligini isbotladi! Sevimli nashringiz «Tong yulduzi» gazetasi «Boylikni bolalikdan asrang!» an’anaviy ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Endi siz suv, elektr energiyasi va tabiiy gazni tejashga doir fikr-mulohazalaring...
San’atkor ko‘ksiga insoniyat qalbini sig‘dira olgan inson. Bunday ta’rif berilganda, ko‘z oldimga hamisha o‘ychan, hamisha mag‘rur Dilorom Karimovaning siymosi keladi. Dilorom opa bilan suhbatlashar ekanman, To‘maris, Janna d’Ark, Qurbonjan dodxoh haqidagi afsonalarning afsona emasligiga, bularning bari haqiqatligiga bo‘lgan ishonchimni mana shu san’atkor ayol shaxsiyati keltiradi. O‘zbekiston xalq artisti Dilorom Karimova – fikr oshig‘i. Dilorom Karimova darajasida fikrlaydigan, ijod qilgan aktyor yo rejissorlar bizda sanoqli. San’atkorning mushohadalari, mulohazalari, xulosalari barcha makon va zamon uchun ham dolzarb. Bu ijodkor – «Opa-singillar» seriali, «Zabarjad», «Narigi sohilda qolgan bolalik», «Novda», «Parizod», «Tanho qayiq», «Ilhaq» nomli badiiy filmlardagi betakror rollari bilan sizga yaxshi tanish. Ushbu sahifamiz orqali sizni o‘sha – xalqimizga birday manzur bo‘lgan rollar ijrochisi, sevimli ijodkor, kamtar va vazmin inson – Dilorom Karimovaning bolalik xotiralari b...
Biz sevib tomosha qiladigan multfilmlarimizning eng qiziqarli jihatlariga e’tibor berganmisiz? «Tovuq katagidan qochish» multfilmidagi har bir parrandaning bo‘ynida, albatta, qandaydir aksessuar mavjud: sharf, marjon yoki taqinchoq. Buning sababi: ushbu multfilmdagi tovuqlar, aniqrog‘i, ularning modellari plastilindan yasalgan va bundan tashqari, ular boshlarini burishlari kerak edi. Paydo bo‘lgan burmalarni yashirish uchun animatorlar bo‘yinga bezaklar bilan hiyla-nayrang ishlatishgan. NEGA JINGALAK SOCH MALIKALAR KEYINCHALIK PAYDO BO‘LDI? Dastlab, «Suv parisi» multfilmini yaratuvchilar Arielni jingalak sochli holda ko‘rishni xohlashgan, ammo 1989-yilning kompyuter grafikasi bunga imkon bermagan. Shunday qilib, Disneyning birinchi jingalaksoch malikasi bu «Brave» animatsion filmidagi Merida edi. Bu multfilm 2012-yilda yaratilgan. Tasavvur qiling: Merida qalpog‘ini boshidan yechganida, jingalak sochlari uchadigan sahna 2 oydan ko‘proq vaqt davomida yaratilgan! «KOKO SIRI»...
O‘zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlarning “Tong yulduzi” gazetasi haqida ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi bolalar va o‘smirlarning “Tong yulduzi” gazetasi 1929 yil 1 avgustdan chiqa boshlagan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 2017 yil 11 avgust farmoniga binoan “Tong yulduzi” gazetasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga to’liq o’tkazildi. Muassis : O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi. Tili: O‘zbek Bosh muharrir: Adilova Feruza Soyibjonovna Ixtisoslashuvi: Bolalar va o‘smirlar uchun ijtimoiy- siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy Davriyligi: Haftada bir marta Mulkiy shakli: Davlat Indeks: 198 Tarqatilishi: Matbuot tarqatuvchi хамда МЧЖ орқали Gazetaning maqsad va vazifalari: - Yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida do‘stlik, insoniylik, me...
Ertak qahramonlarini tayyorlash bizning sevimli mashg‘ulotimiz, – deydi Shohista Dolimova qo‘g‘irchoqlarga mehr bilan boqib. –Bor ekanda, yo‘q ekan, och ekanda, to‘q ekan, so‘lim bir qishloqda odobli, yaqinlari uchun jonini ham fido qiluvchi Botirjon ismli bola bo‘lgan ekan... Bu olamda yaxshilik javobsiz qolmasligi, oqko‘ngil insonlarning yo‘li hamisha ravon bo‘lishi haqida nafaqat ertaklaru asotirlarda, balki sizu biz yashab kelayotgan hayotimizda ham ko‘p duch kelamiz. Aynan shu g‘oyani ilgari suruvchi, kelajagimiz egalari bo‘lmish yoshlarimizni yaxshilikka undovchi «Ertaklar – yaxshilikka yetaklar» to‘plami asosida tayyorlangan «Oltin yaproq» ertagi namoyishi ham yig‘ilganlarda katta taassurot uyg‘otdi. – Maktabimiz barcha jabhalarda ilg‘or, bu, albatta, fidoyi ustozlarimizning betinim mehnatlari samarasi, – deydi biz bilan suhbatda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi 44umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari E’zozxon...
Ha, bizning dono xalqimiz «Ustoz otangday ulug‘» deb bejizga aytmaydi. Us tozlarimiz haqida qan cha yozsak, ularga qancha ta’rif bersak, oz. Ilk bor qo‘limga qalam tutqazib yo zishni o‘rgatgan us tozim Munojatxon Ak barova birinchilardan bo‘lib ko‘z oldimga keladi. Ustozni hech vaqt baland ovozda ga pirganlarini eslay olmay man. Doimo shirinso‘zlik, yuzlarida tabassum bilan xatolarimizni tushuntirardilar. Sinfimizdagi do‘stlarim hozirdanoq kelajakda qaysi kasbni egallashl arini aniqlab bo‘lishgan: ko‘plari shifokor, ba’zilari o‘qituvchi, yana kimdir esa posbon, milliy gvardiyachi va prokuror... Men esa jurnalist bo‘lmoqchiman. Sinf rahbarim Maftunaxon Ab dullayeva talabchan, mehribon va shirinso‘z ustozdir. Ular yozgi ta’tilda ham biz bilan onlayn darslar o‘tib, har xil tanlovlar, musobaqalar o‘tkazib, yozgi ta’tilning maroqli o‘tishiga katta h...
Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 212-umumta’lim maktabida adabiy kecha tashkillashtirildi. «Ijodkorlar uchrashuvi»da Sherkon Qodiriy so‘zga chiqib, bobosi Abdulla Qodiriy haqida hamda kitobxonlikning ahamiyati borasida to‘xtaldi. «Klass» gazetasi muxbiri Laura Jumaniyazova esa jurnalist bo‘lish uchun nima qilmoq kerakligi xususida ijodkor o‘quvchilar bilan bahs-munozara olib bordi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tadbir mehmonlaridan to‘liq javob olishdi. «Tong yulduzi» gazetasi muxbiri Azizbek Abdumalikov qiziqarli kechgan tadbir taassurotlarini suratga muhrladi. Nurbek QIDIRALIYEV Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 67-umumta’lim maktabining 5-«A» sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Zukko kitobxon» tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bolalar yozuvchisi Zamira Ibrohimova tashrif buyurgan tanlovda Abdulaziz A’zamov 1-o‘rin, Behruz Oripov va Nozima Bo‘riyeva 2-o‘rin, Muhammadaziz Adhamov 3-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Shu kuni maktab kutubxonasi yozuvchi Zamira Ibrohimova na...
Comments
Post a Comment