Posts

Showing posts from May, 2023

KASB-HUNAR NAMOYISHI

Image
Kuni kecha, poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 14-IDUMda Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘quvchilarga ikki til va bitta «Kasblar festivali» tashkil etildi. Tadbirda yuqori sinf o‘quvchilari «Oshpazlik», «Parrandachilik», «O‘ymakorlik», «Ganchkorlik», «Haykaltaroshlik», «Tikuvchilik», «To‘quvchilik», «Biser tikish», «Karving san’ati», «Sovundan gullar yasash» va «Gul yasash» kabi oilaviy hunarlarini namoyish etishdi. Ayniqsa, bolajonlar ijrosida «Hunarli kishi xor bo‘lmas» konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi. Azizbek ABDUMALIKOV

CYCLISTS HAVE CLAIMED THE GUINNESS WORLD RECORD

Image
Four French cyclists have claimed the Guinness World Record for the largest GPS drawing by a bicycle team. Their winning piece: a 1,025 km long (637-mile long) depiction of a velociraptor that took 43 hours and 47 minutes to complete. The dinosaur’s body was “drawn” over the course of six days, encompassing several French counties, including Cher, Saone-et-Loire, Indre, Nievre, Creuse, Puy-de-Dome, and Allier. According the words of partisipants they use their bikes for travelling also. Among the very complex issues that we are facing with global warming and other environmental crisis, riding a bike instead of using a car only has advantages. It is good for physical health, mental health, it is cheap, and it avoids most road works and traffic jams. The activity was posted to fitness app Strava and so far has received 3,917 likes and 217 comments. While the outing took place in November 2022 – after a year of planning – the record wasn’t declared by Guinness World Records until March th...

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI

Image
 «Dunyodagi eng yaxshi o‘qituvchi» («Global Teacher Prize») nomli mukofot borligini eshitganmisiz? Ha, shunday tanlov bor. Ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘qituvchi 1 million AQSH dollari miqdorida mukofot puli bilan taqdirlanadi. Tanlovda dunyoning istalgan davlatidan 5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ilm berayotgan o‘qituvchilar qatnashadi. Ular orasida sizning o‘qituvchingiz ham bo‘lishi mumkin. Masalan, 180 ga yaqin mamlakatning o‘n mingdan ortiq nomzodi orasidan Afrika qit’asi Keniya davlatining Nakuru qishlog‘idagi maktab o‘qituvchisi Piter Tabichi – dunyodagi eng yaxshi o‘qituvchi, deb topilgan. U fizika va matematika fanlaridan dars beradi. Uning o‘quvchilari kam ta’minlangan oilalarning farzandlari, ba’zilari esa yetim bolalardir. Piter Tabichi o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maoshining 80% ini ularga ajratadi. O‘quvchilar bu pullar evaziga o‘quv qurollari va maktab formasiga ega bo‘lishadi.  Piter Tabichi chuqur bilim sohibi bo‘lgani sabab uni nufuz...

IJODKORLAR UCHRASHUVI

Image
 Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 212-umumta’lim maktabida adabiy kecha tashkillashtirildi. «Ijodkorlar uchrashuvi»da Sherkon Qodiriy so‘zga chiqib, bobosi Abdulla Qodiriy haqida hamda kitobxonlikning ahamiyati borasida to‘xtaldi. «Klass» gazetasi muxbiri Laura Jumaniyazova esa jurnalist bo‘lish uchun nima qilmoq kerakligi xususida ijodkor o‘quvchilar bilan bahs-munozara olib bordi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tadbir mehmonlaridan to‘liq javob olishdi.  «Tong yulduzi» gazetasi muxbiri Azizbek Abdumalikov qiziqarli kechgan tadbir taassurotlarini suratga muhrladi.  Nurbek QIDIRALIYEV Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 67-umumta’lim maktabining 5-«A» sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Zukko kitobxon» tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bolalar yozuvchisi Zamira Ibrohimova tashrif buyurgan tanlovda Abdulaziz A’zamov 1-o‘rin, Behruz Oripov va Nozima Bo‘riyeva 2-o‘rin, Muhammadaziz Adhamov 3-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Shu kuni maktab kutubxonasi yozuvchi Zamira Ibrohimova na...

MIRZO KENJABEKNING KUTUBXONASI

Image
 O‘quvchilik yillaridayoq Mirzo Kenjabekning jo‘shqin satrlari bizni o‘ziga mahliyo etgandi. Otam pochtachi bo‘lgani bois, uyimizga hisobsiz gazeta va jurnallar kirib kelardi. Men o‘zimning sevimli ijodkorlarim ijodini kunora kelayotgan gazeta va jurnallardan qidirishga tushaman. Mirzo Kenjabek ijod olamiga lovullab kirib kelgan serqirra ijodkorlardan biridir. U Surxon havosini Toshkentga o‘zining rang-barang satrlari bilan olib kelgandi. Shoirning kursdosh do‘sti Sirojiddin Sayyidga bag‘ishlab yozgan «Ostona qoldi» nomli she’ridan quyidagi satrlarni o‘qiymiz:  O‘sdik dalalardan daraklar yozib,  So‘ng ketdik she’riyat sirgohin kezib,  Quyosh iplariga o‘zlarin osib  – Oq terak, bukri tol, tug‘dona qoldi.  Har tirik jon ishi – karvonga qiyos,  Har qayga ketsang ham, ketish bor, xolos,  Qoldi Ashurjiylon, Kundai Juvoz,  Bizga vido aytib ostona qoldi...  Bolalikning bitmas-tuganmas sog‘inchli olamini ko‘z oldimizga ko‘z-ko‘z qilayotgan shoir...

O‘SMIR TARBIYASIDA PSIXOLOGNING O‘RNI

Image
Bir necha oylar avval Toshkent viloyatining bir tumanida 3-sinf o‘quvchisining o‘z joniga qasd qilgani, ya'ni o‘zini osib qo‘ygani haqidagi maqola ijtimoiy tarmoqlarda ken tarqaldi. Bu hodisa garchi dam olish kuni – yakshanbada sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, har doimgiday kalta O‘SMIR TARBIYASIDA PSIXOLOGNING O‘RNI k maktab amaliyotchi-psixologi boshida “sindi”... Yoshlarning, ayniqsa, boshlang‘ich ta'lim yoshidagi bolalarning o‘z joniga qasd qilishi, qo‘rqinchli hodisadir. Afsuski, balog‘atga yetmagan yoxud go‘dak bolalarning o‘z joniga qasd qilishi – atrofidagi kattalardan ko‘ngli qolganligi, ularga bo‘lgan nafratini oshkor etish namoyishidir. Bolalar bunday hollarda atrofidagi kattalarga bolalarga bo‘lgan bee'tiborligi va bu qanday yo‘qotishlarga sabab bo‘lishini isbotlashdan bo‘lak narsa emas. Psixologlarning fikricha, yoshlar o‘lim, bu hayotning tugashi ekanligini oxirigacha anglab yetmaydilar. Ularning xayollarida g‘olibona o‘rinlarda turishsa-yu, yashashni davom ettirishsa...

ИЛМНИ ҚАДРЛАНГ, ИЛМГА ИНТИЛИНГ!

Image
Ҳеч шубҳасиз, ўз билим ва истеъдодини Ватанимизга муносиб фарзанд бўлишдек мақсадларга сарфлашга бел боғлаган сиз каби ёшлар – Янги Ўзбекистоннинг олтин фонди, бебаҳо хазинасидир. Ўзбекистон Республикаси Президентининг умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчи ёшларига йўллаган табригидан. Жорий йил мактабимизда 4 та битирувчи синф бўлиб, уларда 123 нафар ўғил-қизлар мустақил ҳаётга қадам қўядилар. Улар орасидан 11-«В» синф ўқувчиси Арофат Тўлаганова ҳам олтин медалга даъвогарлардан бири бўлса, 10 дан зиёд ўқувчиларимиз муддатидан аввал олий ўқув юртига ўқишга қабул қилинди. «Илмни қадрланг, илмга интилинг!» шиори остида ўтказилган тадбирда битирувчиларимиз Президентимиз таъкидлаганидек, маррани баланд олиб, ягона куч бўлиб, ҳаракат қилишга сўз бердилар. Нафиса РАСУЛОВА, пойтахтимизнинг Учтепа туманидаги 197-умумтаълим мактабининг ўқув ишлари бўйича директор ўринбосари

ЁШ АВЛОДНИНГ ТОНГГИ ЮЛДУЗИ

Image
Ҳар гал “Олтин қалам” Миллий мукофоти учун халқаро танловнинг ғолиб ва совриндорлари билан танишганимда, “Нега хужжат топширмадик, улар сафида “Тонг юлдузи” ҳам бўлиши мумкин эди-ку”, деган гинахонлик ҳам ўтар эди. Бу йил эса қалб хоҳишига қулоқ солдик, ақл мураббий бўлди, керакли хужжатларни танловга тақдим этдик, ғолиб бўлдик, қувондик, хурсандчилигимизга атрофдагиларнинг шерик бўлиши бизни янада суюнтирди. Тўғри, кимлар учундир “Тонг юлдузи” кичкинагина болалар нашри. Аммо миллат боласининг келажаги учун қайғурадиган, элим, юртим деб куюнадиган, шу муқаддас Ватан тақдири учун жон куйдирадиган яхши инсонлар учун “Тонг юлдузи” газетаси БОЛАЛАРЛАРНИНГ КАТТА НАШРИ! Бугун қувончимизнинг чеки йўқ. Сабаби, “Олтин қалам” ХVII Миллий мукофоти учун халқаро танловнинг Босма нашрлар йўналиши бўйича “Энг яхши журналистик материал учун” номинациясида “Тонг юлдузи” газетаси 3- ўринга лойиқ топилди. Шунингдек, шу йилнинг 6 май куни болалар нашри Ички ишлар вазирлиги билан ҳамкорлик Меморандумини и...

БИРОВНИНГ ХАТИ

Image
«Инсон ҳуқуқлари – болалар нигоҳида» танловига БИРОВНИНГ ХАТИ Бир куни жуда таъсирли воқеа бўлди. Онам йиғлаб туриб хат ёзди. Мен нима бўлганига ажабланиб сўраганимда, бувижонинг билмасин, дея шоша-пиша хатни ҳужжатлар турадиган тортмага солиб қўйди. Қизиқувчанлигим боис, онамнинг хонадан чиқиб кетганларидан фойдаланиб, хатни тортма ичидан қидирдим. Топиб олгач, ўқидим-у... Муслимахон РАҲМОНБEРДИЕВА, Тошкент вилояти, Ангрен шаҳридаги 21-умумтаълим мактабининг 8-«А» синф ўқувчиси

«Бойликни болаликдан асранг» танловига БИРНИ КEССАНГ, ЎННИ ЭК!

Image
  «Бойликни болаликдан асранг» танловига БИРНИ КEССАНГ, ЎННИ ЭК! Доно халқимизнинг бу фикри бежиз айтилмаган. Айниқса, ҳозирги пайтда диёримизда экологияни яхшилаш, «Яшил макон» лойиҳасига ҳисса қўшиш, катталар қатори бизнинг ҳам асосий мақсадимизга айланган. Рухшонабону ИЛҲОМЖОН қизи, Тошкент вилояти, Ангрен шаҳридаги 22-умумтаълим мактабининг 11-синф ўқувчиси

НEВАРАМНИНГ САВОЛЛАРИ…

Image
Неварам 2-синфда ўқийди. Негадир шу кунларда менга кўп саволлар берадиган бўлиб қолди. Бунда ўқитувчисининг «айби» бор экан. Тўлқин МУҲИДДИН, ёзувчи ва драматург