O‘SMIR TARBIYASIDA PSIXOLOGNING O‘RNI

Bir necha oylar avval Toshkent viloyatining bir tumanida 3-sinf o‘quvchisining o‘z joniga qasd qilgani, ya'ni o‘zini osib qo‘ygani haqidagi maqola ijtimoiy tarmoqlarda ken tarqaldi. Bu hodisa garchi dam olish kuni – yakshanbada sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, har doimgiday kaltaO‘SMIR TARBIYASIDA PSIXOLOGNING O‘RNIk maktab amaliyotchi-psixologi boshida “sindi”...

Yoshlarning, ayniqsa, boshlang‘ich ta'lim yoshidagi bolalarning o‘z joniga qasd qilishi, qo‘rqinchli hodisadir. Afsuski, balog‘atga yetmagan yoxud go‘dak bolalarning o‘z joniga qasd qilishi – atrofidagi kattalardan ko‘ngli qolganligi, ularga bo‘lgan nafratini oshkor etish namoyishidir. Bolalar bunday hollarda atrofidagi kattalarga bolalarga bo‘lgan bee'tiborligi va bu qanday yo‘qotishlarga sabab bo‘lishini isbotlashdan bo‘lak narsa emas.



Psixologlarning fikricha, yoshlar o‘lim, bu hayotning tugashi ekanligini oxirigacha anglab yetmaydilar. Ularning xayollarida g‘olibona o‘rinlarda turishsa-yu, yashashni davom ettirishsa. Lekin bu tahmin ular istagandek bo‘lib chiqmaydi.

O‘smir yoshidagi o‘g‘il-qizlarni tarbiyalashda oila muhitida ota-ona qanchalar zukko va ziyrak, samimiy va yuksak fazilatlar sohibi bo‘lishi talab etilsa, ta'lim maskanlarida pedagoglar va murabbiylarnin zimmasiga ikki chandon ko‘proq ziyrak va zukko bo‘lishi, shuningdek, mahoratli murabbiy bo‘lishi shart.

Yoshlar tarbiyasida inson ruhiyati qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya fanining o‘rni  va  roli benihoyat kattadir.

Yoshlar o‘rtasida jamoatchilikda o‘ziga nisbatan keraksiz inson sifatida qarab o‘z joniga qasd qilishlar bo‘yicha ayni vaqtda yetarlicha ilmiy asoslarga suyangan holda ilmiy tadqiqot ishlarni joylarda o‘rganishni taqozo etmoqda.

Yoshlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish muammolarining asosini o‘smirlik yosh davrlaridagi o‘tish davri bilan bog‘liqdir. Mamlakatimizda bolalar suitsidi bo‘yicha olib borilgan pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pedagoglar, ota-onalar va boshqa mutaxassislar suitsidial xulq–atvor shakllari haqida yetarli ma'lumotga ega emasligida ekan. O‘z vaqtidagi psixologik yordam, o‘smirlarni hayotning har qanday vaziyatlariga astoydil psixologik tayyorgarlik bunday nohush holatlarning oldini olgan bo‘lar edi. 



Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bolalar bilan ishlashda ularning dunyoqarashini keng o‘rganish, uni eshita bilish, fikrini e'tiborsiz qoldirmaslik, ayniqsa, o‘smirni shaxs sifatida shakllanishida unga yaqin do‘st bo‘lish, vaqti kelganda uni himoyalovchi tirgak bo‘lishimiz darkor.

Anvar PARDAYEV,

Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi 

62-umumta'lim maktabining amaliyotchi-psixologi










Comments

Popular posts from this blog

MEN DEPUTAT BO‘LMOQCHIMAN!

DIQQAT, TANLOV! BOYLIKNI BOLALIKDAN ASRANG!

MEHR NURI YOG‘AR DOIM...

IJODKORLAR UCHRASHUVI

BIZ HAQIMIZDA

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI