MAKTABDA QO‘G‘IRCHOQ TEATRI
Ertak qahramonlarini tayyorlash bizning sevimli mashg‘ulotimiz, – deydi Shohista Dolimova qo‘g‘irchoqlarga mehr bilan boqib. –Bor ekanda, yo‘q ekan, och ekanda, to‘q ekan, so‘lim bir qishloqda odobli, yaqinlari uchun jonini ham fido qiluvchi Botirjon ismli bola bo‘lgan ekan... Bu olamda yaxshilik javobsiz qolmasligi, oqko‘ngil insonlarning yo‘li hamisha ravon bo‘lishi haqida nafaqat ertaklaru asotirlarda, balki sizu biz yashab kelayotgan hayotimizda ham ko‘p duch kelamiz. Aynan shu g‘oyani ilgari suruvchi, kelajagimiz egalari bo‘lmish yoshlarimizni yaxshilikka undovchi «Ertaklar – yaxshilikka yetaklar» to‘plami asosida tayyorlangan «Oltin yaproq» ertagi namoyishi ham yig‘ilganlarda katta taassurot uyg‘otdi. – Maktabimiz barcha jabhalarda ilg‘or, bu, albatta, fidoyi ustozlarimizning betinim mehnatlari samarasi, – deydi biz bilan suhbatda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi 44umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari E’zozxon...