SEVIMLI GAZETAMDA BIR KUN

Akamning ikki-uch kundan beri kayfiyati yaxshi. Sababini so‘rasam, senga bergan va’damni bajaryapman, yakshanba kuniga chipta olganman, Toshkentga sayohatga olib boraman, deb qoldi. Quvonchdan akamni quchib oldim. Chunki o‘qish boshida a’lo baholarga o‘qisang, Toshkentga olib boraman, degandi-da. A’lo baholarga o‘qish bilan birga, «Tong yulduzi» gazetasida e’lon qilingan «Inson huquqlari – bolalar nigohida» ko‘rik-tanlovida g‘olib ham bo‘lib, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlangandim... Bugun 9-iyul. Ertalab akam bilan Qo‘ng‘irotdan 1200 kilometr masofada joylashgan poytaxt tomon poyezdda yo‘l oldik. Poyezdda buvim bilan tengdosh nukuslik onaxon, mendan 4–5 yosh katta xo‘jaylilik bokschi qizlar va 3 yoshli sho‘x va beg‘ubor bolakay bizga bir vagonda hamroh bo‘lishdi. Suhbatga berilib ketganimizdan, vagon kuzatuvchisining «Toshkentga yetib keldik, hurmatli yo‘lovchilar!» deb ogohlantirishini arang eshitibmiz. Poyezddan tushganimizdan keyin akam meni metroda sayr qildirdi. Sevimli gazeta...