Posts

Yangi maqola

KO‘HNA TOL BESHIKDAN YARALGAN DUNYO

Image
Asrlar osha bizgacha yetib kelgan beshiklar ne-ne buyuk ajdodlarimizning kamol topishiga xizmat qilgan. Milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan bu vosita yana ming yillar davomida sog‘lom avlodni voyaga yetkazishi, shubhasiz. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, beshik qachon paydo bo‘lgan? U qanday yasaladi?  Arxeologlar ilk beshiklar ham, sumaklar ham xuddi hozirgidek, yog‘ochdan yasalgan, deb aytishadi. Dastlabki nusxalarning bizgacha yetib kelmaganligi sababi ham aynan shu bilan izohlanadi – yog‘och vaqt o‘tishi bilan chiriydi. Muzeylarimizdagi topilmalarga asoslanadigan bo‘lsak, beshikning kashf etilishi VI – VII asrlarga borib taqaladi. Demak, XV asrki, yurtimizda beshik «taqa-tuq»i barhayot. Beshikni ayol tebratadi, erkak esa uni yaratadi. O‘zbekistonning qaysi hududida bo‘lmang, beshiksozlarni topish qiyin emas. Bugun biz poytaxtimizning Eski Jo‘va bozori hududida joylashgan beshiksozlar ustaxonasiga bordik.  U yerda usta Ravshan aka bilan tanishdik. Bobosi vaqtida...

HANUZGACHA ERTAKLARDA YASHAYMAN…

Image
San’atkor ko‘ksiga insoniyat qalbini sig‘dira olgan inson. Bunday ta’rif berilganda, ko‘z oldimga hamisha o‘ychan, hamisha mag‘rur Dilorom Karimovaning siymosi keladi. Dilorom opa bilan suhbatlashar ekanman, To‘maris, Janna d’Ark, Qurbonjan dodxoh haqidagi afsonalarning afsona emasligiga, bularning bari haqiqatligiga bo‘lgan ishonchimni mana shu san’atkor ayol shaxsiyati keltiradi. O‘zbekiston xalq artisti Dilorom Karimova – fikr oshig‘i. Dilorom Karimova darajasida fikrlaydigan, ijod qilgan aktyor yo rejissorlar bizda sanoqli. San’atkorning mushohadalari, mulohazalari, xulosalari barcha makon va zamon uchun ham dolzarb. Bu ijodkor – «Opa-singillar» seriali, «Zabarjad», «Narigi sohilda qolgan bolalik», «Novda», «Parizod», «Tanho qayiq», «Ilhaq» nomli badiiy filmlardagi betakror rollari bilan sizga yaxshi tanish.  Ushbu sahifamiz orqali sizni o‘sha – xalqimizga birday manzur bo‘lgan rollar ijrochisi, sevimli ijodkor, kamtar va vazmin inson – Dilorom Karimovaning bolalik xotiralari b...

ICHIMNI MUZLATGAN MUZQAYMOQ

Image
«INSON HUQUQLARI – BOLALAR NIGOHIDA» TANLOVIGA Darvozamiz tinimsiz taqilladi. Yugurib borib, eshikni ochib, ko‘chaga mo‘raladim: – E, senmisan, o‘rtoq? Devor-darmiyon qo‘shnim, sinfdosh dugonam Ziyoda savolimga savol bilan javob berdi. – Maydonchaga o‘ynagani chiqamizmi?   Buvijonimdan ruxsat olgach, ikkalamiz mahalla guzari oldidagi «Bolalar maydonchasi» tomon chopib ketdik.  Maydoncha turli ertak qahramonlarining rang-barang haykalchalari-yu, arg‘imchoqlar atrofida mazza qilib o‘ynayotgan bolalar va ularga hamroh bo‘lib kelgan ota-onalar, bobo-buvijonlar bilan gavjum. Dugonam birpasda majnuntol tagidagi arg‘imchoqni band qilib ucha ketdi, men esa doimgiday odamlarni kuzata boshladim.  Hamma o‘zi bilan o‘zi ovora. Shiyponchaga o‘rnashib o‘tirib olgan buvijonlar o‘zaro suhbatlashmoqdalar. Oltindek tovlangan hosilini ko‘z-ko‘zlab turgan katta o‘rik daraxti soyasidagi supada davom etayotgan onajonlar gurungi ham ulardan qolishmaydi. Dadalar esa bir ko‘zi bilan telefon...

SEVIMLI GAZETAMDA BIR KUN

Image
Akamning ikki-uch kundan beri kayfiyati yaxshi. Sababini so‘rasam, senga bergan va’damni bajaryapman, yakshanba kuniga chipta olganman, Toshkentga sayohatga olib boraman, deb qoldi. Quvonchdan akamni quchib oldim. Chunki o‘qish boshida a’lo baholarga o‘qisang, Toshkentga olib boraman, degandi-da. A’lo baholarga o‘qish bilan birga, «Tong yulduzi» gazetasida e’lon qilingan «Inson huquqlari – bolalar nigohida» ko‘rik-tanlovida g‘olib ham bo‘lib, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlangandim... Bugun 9-iyul. Ertalab akam bilan Qo‘ng‘irotdan 1200 kilometr masofada joylashgan poytaxt tomon poyezdda yo‘l oldik. Poyezdda buvim bilan tengdosh nukuslik onaxon, mendan 4–5 yosh katta xo‘jaylilik bokschi qizlar va 3 yoshli sho‘x va beg‘ubor bolakay bizga bir vagonda hamroh bo‘lishdi. Suhbatga berilib ketganimizdan, vagon kuzatuvchisining «Toshkentga yetib keldik, hurmatli yo‘lovchilar!» deb ogohlantirishini arang eshitibmiz. Poyezddan tushganimizdan keyin akam meni metroda sayr qildirdi. Sevimli gazeta...

BOLALIKDAN SUYGAN YULDUZIM

Image
Bolalik – beg‘ubor fasl. Uning o‘yinqaroqligi bilan birga vazmin va mas’uliyatli jihatlari ham bisyor. Ko‘p kitob o‘qirdik. Darsdan tashqari esa uyimizga keladigan bir taxlam gazeta va jurnallarni qiziqib varaqlab chiqardik. Ular orasida «Tong yulduzi» gazetasi meni hayotga oshufta qilgan, desam, mubolag‘a emas. «Tong yulduzi» gazetasiga sinfimizda deyarli hammamiz obuna bo‘lardik. Gazeta tarqatilishi bilan dars ham esdan chiqib, darrov uning sahifalarini varaqlab chiqardik. Shunchalik qiziqish kuchli bo‘lgan. Ustozimizning «Varaqlab bo‘lgan bo‘lsalaring yig‘ishtirib qo‘yinglar, uylaringga borib o‘qiysizlar», degan gapidan keyin uni avaylabgina sumkamizga solib qo‘yardik. Uyga keliboq, darhol gazetani qo‘limizga olib, she’rlarini yod olardik, maqolalar bilan tanishardik. O‘sha xotiralarni bugun eslasam, qandaydir yuragim junbushga keladi. Demak, bolaligimiz ma’naviy sahifalarga boy bo‘lgan ekan. Bu esa yillar davomida hayotni sevish, Vatanga muhabbatli bo‘lish, insoniylik, odamgarchili...

ONAM: «O‘QITUVCHIGA GAP QAYTARSANG, MENDAN XAFA BO‘LMA», DEGANDI

Image
BOLALIK KUNLARIMDA… Xalqimizga bolaligidan tanilgan mashhur insonlar bor. Ana shunday mashhurlardan biri, ota-onangizning bolalikdagi sevimli «Shum bola»si, siz miriqib tomosha qiladigan «Zirapcha», «Zumrasha» bolalar satirik telejurnallari badiiy rahbari – O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyevdir. Xayrulla Sa’diyev Respublika Yosh tomoshabinlar teatrida ijodiy faoliyatini boshlagan, teatr sahnasida «Revizor», «Etik kiygan mushuk», «Shum b ola» kabi o‘nlab spektakllarda yodda qolarli rollarni ijro etgan. U kino olamida ham samarali mehnat qilib keladi. «To‘ylar muborak!», «Chinor», «Alpomish», «Chashma», «O‘tov», «Shaytanat», «Uch mushketyor», «Marg‘iyona» «Meshpolvon» kabi ko‘plab badiiy filmlardagi yaratgan rollari bilan millionlab muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan. Bugun biz Xayrulla bobodan «Tong yulduzi» muxlislari bilan bolalik xotiralarini o‘rtoqlashishlarini so‘radik. SHOHINGUZARLIKMAN, AZIZLAR Shohinguzar qayerdaligini hozir aytaman. Eski Juvadan shunday tushasiz-u, Zar...

QO‘SHALOQ MUVAFFAQIYAT

Image
Joriy yilning iyul oyida mamlakatimiz yoshlari qo‘shaloq muvaffaqiyatni qo‘lga kiritishdi. Yaponiyaning Chibo shahrida dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida 3 nafar o‘zbekistonlik ishtirokchi – Toshkent shahridagi al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi Ozodbek Axtamov, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Anvarbek Rahmatov hamda Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi 18-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Anvarbek Sa’dulloyev bronza medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, BAAda kechgan XIV Xalqaro biologiya olimpiadasida yana 3 nafar ishtirokchi yoshlarimiz bronza medali bilan taqdirlanishdi. Quvonarlisi, sovrindorlar orasida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 274-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Behruz Tursunov ham bor. 

MUHIDDIN OMON NIMA DERKIN?

Image
TABRIKLAYMIZ!  Kuni kecha, mohir tarjimon, shoir va noshir Muhiddin Omon Prezidentimiz Farmoni bilan II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlandi! Bir kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, hozirgi AOKAda ishlayotgan kezlarda, odatimga ko‘ra, biroz lirik chekinish qilib, ushbu she’rni sekin xirgoyi qildim: «Osmondagi oyman deding, qo‘l cho‘zmadim, Menman shamsul anvor deding, jim tingladim... O‘sha xonada men bilan yonma-yon o‘tirgan hamkasbim menga qarab, «Rahmat», dedi.  – Nega rahmat deysiz? – so‘radim ajablanib.  – She’rimni yodlab olibsiz-ku, – dedi faxrlanib hamkasbim.  – Iya, meni necha yildan beri maftun etgan bu she’r siznikimidi? – dedim hayajonimni bosolmay. U esa shu she’r ham ichiga kiritilgan «Tole fasli» nomli mo‘jazgina kitobchaga dastxat yozib, menga uzatdi. Sevimli shoirimiz Muhiddin Omon bilan yaqindan tanishuvimiz shu kundan boshlandi. Uning ijodini kuzatadigan bo‘ldim. Yangi she’rlaridan o‘qib berardi. O‘sha vaqtdagi bo‘lim...

KASBIMGA MUHABBATIMNI OSHIRGAN VOQEA

Image
Oilamizdagi muhit sabab, bolaligimdan fizika va matematika faniga mehrim boshqacha bo‘lgan. Ota-onam, uch akam va amakilarimni ushbu fan vakillari bo‘lganligi va suhbatlar ham shu sehrli fanlarga bog‘liqligi sabab deb o‘ylayman. Dadam Muhammadjon Hoji ota, onam Mavludaxon aya mohir matematiklardir. Qariyb 44 yildan buyon yoshlarga ilm-ma’rifat ulashib kelmoqda. Padari buzrukvorim shu yilgacha minglab o‘quvchilarni oliy ta’lim dargohiga kirishlarida ustozlik qilgan. Dadam doim bizga halollikni, ilm insonni yuksaltirishini botbot takrorlaydilar. Haqiqiy pedagog tanaffusni kutmaydi, eng samarasiz dars – ustoz va o‘quvchi tanaffusni kutadigan darsdir. Mohir ustoz o‘quvchilarga qanday vaqt o‘tganini sezdirmay mavzuni hayotga bog‘lab yetkazib beradi. O‘quvchilarni va fanini seva olgan, ma’naviy manfaatni shaxsiy manfaatdan ustun qo‘ygan o‘qituvchi doim yuksalaveradi, degan hikmatli fikrlar ham aynan otamga tegishli. Otamning o‘gitlaridan kuch olib, 2005-yil Farg‘ona davlat universitetiga o‘q...

BARCHASI INSON MANFAATLARI UCHUN

Image
«INSON HUQUQLARI – BOLALAR NIGOHIDA» TANLOVIGA Globallashuv jarayonlarining kuchayishi hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyatni keskin burilish pallasiga yetaklamoqda. Bashariyat mutlaqo o‘zgacha muhit, yangicha talab va ilgari kuzatilmagan xavf-xatar hamda tahdidlar kuchaygan bir sharoitda yashashiga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday jarayonlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga, jumladan, ma’naviy-ma’rifiy sohalarga ham jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. Turli mintaqa va davlatlarda sodir bo‘layotgan ayanchli voqealar tahlili ommaviy axborot vositalari, zamonaviy axborot texnologiyalari, internet tizimi, ijtimoiy tarmoqlar va elektron nashrlar, ba’zi hollarda buzg‘unchi kuchlar qo‘lida zararli g‘oya va mafkuralarni targ‘ib etishning qulay, tezkor vositasiga aylanib qolayotganligini ko‘rsatyapti. Bu kabi tahdidlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yemirilishiga, zo‘ravonlik, inson taqdiri, jamiyat hayotiga bepisandlik, mas’uliyatsizlik, loqaydlik, andishasizlik...

MULTFILMLAR HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

Image
 Biz sevib tomosha qiladigan multfilmlarimizning eng qiziqarli jihatlariga e’tibor berganmisiz? «Tovuq katagidan qochish» multfilmidagi har bir parrandaning bo‘ynida, albatta, qandaydir aksessuar mavjud: sharf, marjon yoki taqinchoq. Buning sababi: ushbu multfilmdagi tovuqlar, aniqrog‘i, ularning modellari plastilindan yasalgan va bundan tashqari, ular boshlarini burishlari kerak edi. Paydo bo‘lgan burmalarni yashirish uchun animatorlar bo‘yinga bezaklar bilan hiyla-nayrang ishlatishgan. NEGA JINGALAK SOCH MALIKALAR KEYINCHALIK PAYDO BO‘LDI?  Dastlab, «Suv parisi» multfilmini yaratuvchilar Arielni jingalak sochli holda ko‘rishni xohlashgan, ammo 1989-yilning kompyuter grafikasi bunga imkon bermagan. Shunday qilib, Disneyning birinchi jingalaksoch malikasi bu «Brave» animatsion filmidagi Merida edi. Bu multfilm 2012-yilda yaratilgan. Tasavvur qiling: Merida qalpog‘ini boshidan yechganida, jingalak sochlari uchadigan sahna 2 oydan ko‘proq vaqt davomida yaratilgan! «KOKO SIRI»...

BOLA QUVONSA – OLAM QUVONAR

Image
K e l a j a g i m i z egalari salomatligini mustahkamlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish maqsadida Toshkent viloyati, Angren shahridagi 18-umumta’lim maktabida faoliyat ko‘rsatayotgan «Lazzat» oromgohiga uch yuz nafar o‘quvchi jalb qilindi. Ayniqsa, qator to‘garaklarda muntazam ishtirok etib, ijobiy natijalarga erishgan o‘g‘il-qizlar «Hafta faoli» nominatsiyasi sohibiga aylanishmoqda. «Yosh rassom» to‘garagi a’zosi, 3-sinf o‘quvchisi Shirin Ermatova, «Shashka-shaxmat» to‘garagi a’zosi, 4-sinf o‘quvchisi Behruz Azizov, «Mohir qo‘llar» to‘garagi a’zosi, 3-sinf o‘quvchisi Lazizaxon Abduxalilova, «Ingliz tilida gaplashamiz» to‘garagi a’zosi, 3-sinfdan Robiyaxon Nurlibekova, «Kitobxon bolajon» to‘garagi a’zosi, 3-sinf o‘quvchisi Zilola Abdulhamidovalar qatori «Sog‘lom bo‘lay desangiz», «Men – sozandaman», «Mohir suzuvchi» kabi to‘garaklarda ham faollar talaygina.  – Birgalikda o‘qiyotgan badiiy asarlar va bahs-munozaraga boy adabiy mashg‘ulotlar bizni yanad...

TARIX KO‘ZGUSI

Image
Poytaxtimizning qoq markazida joylashgan Temuriylar tarixi davlat muzeyi kishini tarix haqiqatlaridan boxabar etadi. U yerda buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur va uning sulolasi haqida biz bilgan va bilmagan juda ko‘p ma’lumotlar bor. Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996-yil 18-oktyabrda buyuk sarkarda tavalludining 660 yilligi munosabati bilan barpo etilgan. Ushbu tarixiy maskanning balandligi 31 metr, diametri 70 metrni tashkil etadi. Bino an’anaviy me’morchilik usulida aylana tarhli, ustki qismi gumbaz­ li qilib qurilgan. Uch qavatli binoni barpo etishda tabiiy va sun’iy qurilish mahsulotlaridan foydalanilgan. Devorlarga maxsus ishlov berilgan. Unga turli bezaklar va jimjimador naqshlar solingan. Baland zina bo‘ylab maskanga kirib borar ekansiz, muhtasham, havorang gumbazli bino sizni o‘z bag‘riga chorlaydi. Hashamdor, shu bilan birga, tarixiy ko‘rinishdagi eshik va uning tutqichlari sizni XIV–XV asarlar tomon yetaklaydi.  – Muzeyimizda 5 mingdan ziyod eksponatlar bor. Ular ora...

HUQUQIMNI O‘RGANAMAN

Image
«INSON HUQUQLARI – BOLALAR NIGOHIDA» TANLOVIGA Biz O‘zbekiston deb atalgan tinch va osuda diyorda yashayapmiz. Farzandlari baxtli, shod va erkin. Biz o‘z huquqlarimizni yaxshi bilishimiz kerak: ota-onaning bag‘rida baxtli yashash, maktabga borib bepul bilim olish, dam olish, sayohatga chiqish, erkin kasb tanlash, erkin ijod qilish... Onam ikkimiz singlimni biz xohlagan bolalar bog‘chasiga berish uchun ro‘yxatga qo‘ydik. Sababini onamdan so‘raganimda, bu – bizning huquqimiz, deb javob berdi. Oradan biroz muddat o‘tib, singlimning bog‘chaga borishi uchun navbat kelganini aytishdi, o‘sha paytda huquq nima ekanini bildim. Ustozimiz sinfimizda turli ochiq darslar, bayram va tadbirlarga atab rasm chizib kelishimizni aytadi. Bayramlarda rasmlarimizni ko‘rgazmaga qo‘yib, tugagandan keyin o‘zimizga qaytarib beradi. Biz ustozdan nega qaytarib berdingiz deb so‘rasak, bu sizlarning mehnatingiz va ijodkorlik huquqlaringiz, dedi.  Har birimiz huquqiy bilimlarimizni oilada ota-onamiz, maktabda us...

SEVIMLI GAZETAMGA MAKTUB

Image
Bugun juda baxtiyorman. Nega deysizmi? Chunki birinchi marta sevimli gazetamga o‘z qo‘lim bilan maktub yozishga musharraf bo‘ldim. Buning uchun ustozimga ming rahmat! Esimda, maktabga ilk qadam bosganimizda ustozimiz barchamizni o‘z bolalaridek bag‘riga oldilar. Alifbedagi o‘tilgan har bir harfning qanday talaffuz qilinishi, harflar ishtirokida so‘zlar yasashni oson va tushunarli uslubda o‘rgatdilar. Qo‘llarimizdan tutib, yozishni o‘rgatdilar. Birinchi marta yozganimni eslasam, daftar chiziqlaridagi harflarning beo‘xshov ko‘rinishidan uyalib ketaman. Lekin ustoz menga dalda berib, sen albatta husnixat egasi bo‘lasan, degandilar. Qayta-qayta yozishni mashq qildim va ustozim aytganiday husnixat egasi bo‘ldim! Aziz tengdoshim, agar siz ham o‘z ustingizda ishlasangiz, tinimsiz izlansangiz, ko‘zlagan maqsadingizga albatta yetishasiz! Sabrina BEKMURODOVA , Xatirchi tumanidagi 62-umumta'lim maktabining 1-“B” sinf o‘quvchisi

O‘SHA KUNLARNI ESLAB...

Har yili 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida bolalar gazetasida ishlagan kunlarim ko‘z o‘ngimdan xuddi kino tasmasiday bir-bir o‘tadi. Mana, o‘sha kunlarga ham o‘ttiz yil bo‘libdi. Gazeta adadi bir millionni tashkil etardi. Albatta, shunga yarasha uning sifatini tinimsiz oshirib borishga harakat qilardik. Bu ishda gazeta Bosh muharriri Abdusaid Ko‘chimov, uning o‘rinbosari Akrom Berdimurodov, mas’ul kotib Temur Eshboyev, bo‘lim boshliqlari Yoqutxon Rahimova, Vafo Fayzulla, Hoshimjon Mirzaahmedov, Azimjon Xudoyqulov, Feruza Jalilova, Feruza Odilova, suratkash Ravil Albekov, rassom Abror Oripovlar- ning xizmatlari beqiyos edi.  Men o‘sha paytlari gazetaning «Adabiyot va san’at» bo‘limini boshqarardim. Bir kunda bo‘limga juda ko‘plab xatlar kelardi. Bu xatlarning aksariyatini she’rlar tashkil qilardi. Shundan bo‘lsa kerak, qariyb gazetaning har bitta sonida she’riy sahifa berib borilardi.  Ko‘pincha gazeta xodimlari yoppasiga belgilangan bir v...

BOLALAR NASHRLARIDA BEG‘UBORLIK BOR

Image
Biz bolaligimizda gazetamizni sabrsizlik bilan kutar edik. Undagi suratlar, lavhalar, krossvordlar juda qiziqarli edi. Beshinchi s i n f d a o‘qiyotganimda havas qilib, birgina lavhacha yozib, gazetaga jo‘natdim. Oradan 15- 20 kundan keyin qishloq pochtachisi chaqirib, tahririyatgan kelgan javob xatini menga berdi. Xursanchiligimizning chegarasi yo‘q edi. Xatda lavhadagi xatolar ko‘rsatilib, agar betinim mashq qilsam, ko‘proq gazeta va jurnallarni mutolaa qilsam, maqola yozishni o‘rganishim mumkinligi yozilgandi. Bu javob xati menga juda qiymatli, qadrli edi.  Maktabni tugatib, jurnalistika fakultetiga kirmoqchi edim. Ammo o‘rin juda oz, talabgorlar esa biroz ko‘p edi. Tarix fakultetiga topshirdim. Universitetni imtiyozli diplom bilan tugatdim. Ammo jurnalistika meni «tinch» qo‘ymadi. Shu-shu jurnalist bo‘ldim. Bunga ham allaqachon 40 yil to‘ldi. Ammo haligacha bolalar va o‘smirlar nashrlariga mehrim bo‘lakcha. Jumladan, «Tong yulduzi»da e’lon qilinayotgan maqola va she’rlar, kichi...

KELАJАKDА USTOZ BO‘LMOQCHIMАN

Image
Ismim Rayhona. Bu yil o‘n yoshga to‘ldim. Yosh bo‘lsam-da orzularim osmon qadar ulkan. Maktabda aʼlochilar safidaman. Ustozim Dilfuza Karimovaga havas qilaman. Chunki har bir darsni mehr bilan o‘tadilar. Kelajakda ustozim kabi o‘qituvchi bo‘lmoqchiman. Bilaman, o‘qituvchi bo‘lish uchun har bir fanni puxta o‘zlashtirish kerak. Shuningdek, o‘qituvchi sinfidagi har bir bolaga eʼtiborli bo‘lishi shart. Taʼtil davrida ham qo‘shni qizchalar bilan “o‘qituvchi-o‘qituvchi” o‘yinini o‘ynaymiz. Har galgidek men ustoz vazifasini bajaraman. Shu damda Dilfuza Karimovaga qanchalar qiyin ekanligini sezaman. Negaki, har bir o‘quvchining ko‘ngliga yo‘l topish, sho‘x, to‘polonchi o‘quvchilarni tinchlantirish, past o‘zlashtiruvchilar bilan yakkama-yakka ishlash... eh-he, ustozning zimmasida masʼuliyat katta ekan. Ustozimda barcha fazilatlar mujassam. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u zimmasidagi vazifani sidqidildan ado etadi. Biz o‘quvchilarning ustozga bo‘lgan cheksiz hurmatimiz ham shu sabab bo‘lsa, ajab...

YELKAMA-YELKA ISHLAYOTGANIMIZDAN MAMNUNMIZ

Image
«Tong yulduzi» ko‘plab jurnalistlarning ijod olamiga ilk qadamlari qo‘yilgan manzil bo‘lgan. Ko‘plab mashhur o‘zbek shoir-u yozuvchilarining tarjimayi holini o‘qisak, barchasining ilk ijod namunalari shu gazetada bosilib chiqqanini ko‘rish mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo‘lsak, o‘quvchilarga gazetalar sahifasidan joy ajratish juda ham oqilona ish. «Tong yulduzi» mana shu oqilona yo‘ldan og‘ishmay borayotgan otaxon gazetalardan biridir. «Ma’rifat» gazetasi ham bu ishda oz bo‘lsada hissasini qo‘shishga bel bog‘lagan. O‘quvchilarning sara she’r va hikoyalari, maqolalarini chop etib, ularni jurnalistika, erkin fikrlash va o‘z qarashlarini ifodalay olish sari qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Jumladan, gazetamizda yo‘lga qo‘yilgan «Ma’rifat kitobxoni» rukni ostida o‘quvchilar uchun Telegram tarmog‘ida guruh tashkil etildi, unda o‘quvchilar maslahatlashib, har oy uchun biror badiiy asarni o‘qish uchun tanlab oladilar va uni mutolaa qilganlaridan so‘ng o‘z taassurotlarini kichik esse ...

TА'TILDА...

Image
O‘quv yili yakunlanganiga ham bir oy bo‘libdi. Nazarimda, kunlar tez o‘tayotgandek. Maktabimni, ustozimni va sinfdoshlarimni juda sog‘indim. Maktabga ilk kelgan kunlarim kechagidek yodimda. Qandaydir qo‘rquv va hayajon bilan onajonimning qo‘lini mahkam ushlab olgandim. Ustozim “Men endi sening o‘qituvchingman!” deganlarida hayajonim bosilgandek bo‘lgandi. O‘sha paytlarda partada o‘tirishga zo‘rg‘a ko‘nikkanman. Negaki, soatlab stolda o‘tirgandan ko‘ra adirda qo‘y boqib yurganimda ko‘m-ko‘k maysalarda dumalaganlarim ming karra yaxshiroq tuyulgan... Vaqt o‘tib, maktabga, sinfdoshlarimga o‘rgana boshladim. Аyniqsa, darsda faol qatnashganimda ustozimning “barakalla!” deyishlarini juda yaxshi ko‘rardim.  Sinfimizda aʼlochi o‘quvchilar ko‘p. Ularning safida men ham borman. Taʼtil bo‘lsa-da, vaqtdan unumli foydalanish uchun ertak va hikoyalar oʼqib boryapman. Hozir “Naʼmatak malika” ertaklar to‘plamini o‘qiyapman. Menga ayniqsa “Ilm xosiyati” ertagi yoqdi. Podshoh egizak shahzodalarning q...

KASB-HUNAR NAMOYISHI

Image
Kuni kecha, poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 14-IDUMda Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘quvchilarga ikki til va bitta «Kasblar festivali» tashkil etildi. Tadbirda yuqori sinf o‘quvchilari «Oshpazlik», «Parrandachilik», «O‘ymakorlik», «Ganchkorlik», «Haykaltaroshlik», «Tikuvchilik», «To‘quvchilik», «Biser tikish», «Karving san’ati», «Sovundan gullar yasash» va «Gul yasash» kabi oilaviy hunarlarini namoyish etishdi. Ayniqsa, bolajonlar ijrosida «Hunarli kishi xor bo‘lmas» konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi. Azizbek ABDUMALIKOV

CYCLISTS HAVE CLAIMED THE GUINNESS WORLD RECORD

Image
Four French cyclists have claimed the Guinness World Record for the largest GPS drawing by a bicycle team. Their winning piece: a 1,025 km long (637-mile long) depiction of a velociraptor that took 43 hours and 47 minutes to complete. The dinosaur’s body was “drawn” over the course of six days, encompassing several French counties, including Cher, Saone-et-Loire, Indre, Nievre, Creuse, Puy-de-Dome, and Allier. According the words of partisipants they use their bikes for travelling also. Among the very complex issues that we are facing with global warming and other environmental crisis, riding a bike instead of using a car only has advantages. It is good for physical health, mental health, it is cheap, and it avoids most road works and traffic jams. The activity was posted to fitness app Strava and so far has received 3,917 likes and 217 comments. While the outing took place in November 2022 – after a year of planning – the record wasn’t declared by Guinness World Records until March th...

DUNYODAGI ENG YAXSHI O‘QITUVCHI

Image
 «Dunyodagi eng yaxshi o‘qituvchi» («Global Teacher Prize») nomli mukofot borligini eshitganmisiz? Ha, shunday tanlov bor. Ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘qituvchi 1 million AQSH dollari miqdorida mukofot puli bilan taqdirlanadi. Tanlovda dunyoning istalgan davlatidan 5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ilm berayotgan o‘qituvchilar qatnashadi. Ular orasida sizning o‘qituvchingiz ham bo‘lishi mumkin. Masalan, 180 ga yaqin mamlakatning o‘n mingdan ortiq nomzodi orasidan Afrika qit’asi Keniya davlatining Nakuru qishlog‘idagi maktab o‘qituvchisi Piter Tabichi – dunyodagi eng yaxshi o‘qituvchi, deb topilgan. U fizika va matematika fanlaridan dars beradi. Uning o‘quvchilari kam ta’minlangan oilalarning farzandlari, ba’zilari esa yetim bolalardir. Piter Tabichi o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maoshining 80% ini ularga ajratadi. O‘quvchilar bu pullar evaziga o‘quv qurollari va maktab formasiga ega bo‘lishadi.  Piter Tabichi chuqur bilim sohibi bo‘lgani sabab uni nufuz...